Samsung smartfonlari egalariga rasmiy xushxabar bor

  •   DiMaX
  •  4830
  •  25.04.2020 11:54

Samsung smartfonlari egalariga rasmiy xushxabar bor

Janubiy koreyalik texnogigant Samsung Galaxy S20 flagmanlari bilan birga o‘zining yangi – One UI 2.1 grafik qobig‘ini ham taqdim etgan edi. Shundan keyin va bir yil oldin chiqqan aksariyat smartfonlar uchun ushbu proshivka tarqatilmoqda.

O‘QING: O‘ta qimmat Galaxy S20 Ultra’dan buni hech kim kutmagan edi!

2018 yilgi Samsung flagmanlari – Galaxy S9, Galaxy S9+ hamda Galaxy Note 9 modellariga One UI 2 grafik qobig‘i chiqmasligi avvalroq aytilgan edi. Keyinroq esa kompaniyaning Hindistondagi rasmiy vakili Galaxy S9+ foydalanuvchisi bilan kechgan suhbatida aytishicha, ushbu turkum modellariga One UI 2.1 talqinidagi grafik qobiq chiqarilishidan hali umid borligini ma’lum qilgan.

Endi esa Janubiy Koreyadagi rasmiy Samsung forumi moderatorlari Galaxy S9 hamda Note 9 modellari uchun One UI 2.1 proshivkasi allaqachon ishlab chiqilayotganini aytishdi. To‘g‘ri, ular buning muddati masalasini ochiq qoldirishgan, lekin baribir oldingi flagmanlar yangilanishi aniq bo‘ldi. Demak, endi mazkur smartfonlar egalari yoki ulardan birortasini endi olmoqchi bo‘lganlar xavotir olmasalar ham bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, One UI 2.1 grafik qobig‘i smartfonlarga Galaxy S20 turkumidagi flagmanlar bilan taqdim etilgan yangi funksiyalar va imkoniyatlarni baxsh etadi. Ular qatorida yangicha AR-emodzilar, tezkor fayl almashish – Quick share, Music Share, video suratga olishda «professional» rejim, old kamera orqali soniyasiga 60 kadr tezligida 4K formatli videos’yomka va boshqalar mavjud.

O‘QING: Samsung to‘satdan Galaxy Note 20’ni o‘z saytiga chiqarib qo‘ydi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!