Snapdragon 855 protsessorli ilk 5G-smartfonni Lenovo taqdim etmoqchi, ammo masalaning boshqa tomoni bor...

  •   DiMaX
  •  1525
  •  31.07.2018 16:54

Snapdragon 855 protsessorli ilk 5G-smartfonni Lenovo taqdim etmoqchi, ammo masalaning boshqa tomoni bor...

Lenovo vitse-prezidenti Group Chang Cheng (Chang Cheng) yana vahimali bayonot bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning navbatdagi smartfoni yakka kristalli Snapdragon 855 chipiga ega ilk 5G-qurilma bo‘ladi.

O‘QING: Qualcomm smartfonlar uchun dunyodagi ilk 5G-modulini namoyish qildi

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Snapdragon 855 rusumli flagman protsessorni ommaviy ishlab chiqarish deyarli ikki oycha avval boshlangan. Lekin uning bazasidagi birinchi smartfonni Sony taqdim etishi kutilayotgandi. Huawei hamda OnePlus esa 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi smartfonlarini 2019 yilning ikkinchi choragidagina namoyish qilishlari ma’lum.

Ammo shunisi ham borki, joriy yilning bahoridagi shov-shuvlardan so‘ng Lenovo kompaniyasiga va Chang Chengga ishonish qiyin bo‘lib qolgan. Ular o‘shanda Lenovo Z5 smartfonining soxta suratlari, 4 terabaytlik flesh-xotirasi va boshqa xususiyatlari haqidagi yolg‘on xabarlari bilan jamoatchilikning e’tiborini o‘zlariga qaratishgan.

O‘QING: «Aldoqchi» Lenovo Z5 baribir rekord o‘rnatdi! Endi Mi 8 va Honor Play’ning ahvolini ko‘ring...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!