Sony yangi quloqchin reklamasida 2022 yilgi flagman smartfonini ko‘rsatdi (uchta video)
Ilg‘or yapon kompaniyasi o‘tgan haftada butkul simsiz Sony WF-1000XM4 quloqchinini taqdim etgan. Ishlab chiqaruvchi uning rasmiy debyutiga bag‘ishlab bir nechta reklama videoroliklarini ham e’lon qilgan.
O‘QING: Suratga olish, o‘yin va musiqaga mo‘ljallangan Sony Xperia 5 II flagmani taqdim etildi
Ushbu reklamalarda Sony hali rasman namoyish etmagan telefon aks ettirilgan. Orqa tomonidan u joriy yilning aprelida eng ommabop smartfonlar reytingiga kirgan Sony Xperia 1 III modeliga o‘xshab ketadi:
Biroq e’tibor bersangiz – reklamadagi smartfonning old yuzasida selfi-kamera yo‘q:
Shunga ko‘ra, Sony ushbu flagmanida ekranosti kamera texnologiyasini qo‘llaydigan ko‘rinadi.
Taxminlarga ko‘ra, bu – kelasi yil taqdim etiladigan Sony Xperia 1 IV flagmani bo‘ladi. Biroq kompaniya shunchaki reklamada chiroyli ko‘rinishi uchun videotahrirda Sony Xperia 1 III modeli displeyidan old kamerani olib tashlagan bo‘lishi ham mumkin.