Tadqiqot: Xitoyda talab eng yuqori smartfonlarning yurtimizdagi narxlari

Tadqiqot: Xitoyda talab eng yuqori smartfonlarning yurtimizdagi narxlari

Taniqli marketolog kompaniya hisoblangan Counterpoint taqdim etgan natijalarga ko‘ra, Xitoyda talab yuqori bo‘lgan va tezkor sotilayotgan smartfonlar ro‘yxati shakllantirildi. Xitoyliklar orasida ommalashgan onlayn-savdolarga tayangan hisobotda kompaniya shu yilning bahor fasli mobaynida eng ko‘p sotilgan devayslarni saralashgan.

Smartfon modellarining sotilgan jami smartfonlar orasidagi ulushi aks etgan reytingda jang qizg‘in tus olgan. Bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling:

iPhone 8 Plus – 5,6% ("Malika"da 6,6 mln so‘mdan boshlab sotilmoqda);
O‘qing: iPhone 8 va iPhone 8 Plus: Jahonning birinchi raqamli smartfonlari

Xiaomi Redmi 5A – 4,1% ("Malika"da 795 ming so‘mdan boshlab sotilmoqda);
O‘qing: Xiaomi Redmi Note 5a — "Malika"dagi eng arzon kamerafon!

iPhone X – 4% (na rendere) ("Malika"da 8,2 mln so‘mdan boshlab sotilmoqda);
O‘qing: iPhone X: “inqilobiy ayfon” haqida 11 fakt!

iPhone 8 – 3,9% ("Malika"da 5,6 mln so‘mdan boshlab sotilmoqda);
O‘qing: iPhone 8 va iPhone 8 Plus: Jahonning birinchi raqamli smartfonlari

Xiaomi Redmi Note 5 – 3,8% ("Malika"da 1,6 mln so‘mdan boshlab sotilmoqda);
O‘qing: Redmi Note 5 va Note 5 Pro taqdim qilindi

Honor 7C – 3,6% (Yurtimizda 1,1 mln so‘mdan boshlab sotilmoqda);
O‘qing: Huawei’ning yana bir «to‘rt ko‘zli» smartfoni TENAA’da «qo‘lga tushdi»

Xiaomi Redmi 5 Plus – 3,5% ("Malika"da 1,3 mln so‘mdan boshlab sotilmoqda);
O‘qing: Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus taqdim qilindi

Honor 9 Lite – 2,7% ("Malika"da 2 mln so‘mdan boshlab sotilmoqda);
O‘qing: Huawei 180 dollarlik "romsiz"ni taqdim qildi

Honor 7X – 2,5% ("Malika"da 2,5 mln so‘mdan boshlab sotilmoqda);
O‘qing: Huawei arzon va jozibador Honor 7X'ni taqdim qildi

Oppo R15 – 2,1% (Buyurtma asosida keltiriladi. Xitoydagi bahosi 550 AQSh dollari).
O‘qing: Taniqli brend ham arzon "iPhone X" ishlab chiqardi

Shu tarzda, ro‘yxatning eng yuqorisida, shuningdek smartfon modellarining ko‘pligi bo‘yicha Apple korporatsiyasi, undan so‘ng Xiaomi, Honor hamda 10-o‘rinda Oppo kompaniyasiining yagona modeli turibdi.

Aytish lozimki, mazkur ro‘yxatni shakllantirishda Xitoydagi onlayn savdolarga tayanilgan. Xitoyda ayni paytda aholi asosan virtual do‘konlardan savdo qilishni afzal ko‘rmoqda.

Ayni paytda Xitoyda eng taniqli onlayn do‘konlar qatorida JD, Tmall, Suning, Vmall, Mi Store, Apple saytini keltirish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!