Telegram’dagi ma’lumotlaringiz qanchalik maxfiy?

  •   DiMaX
  •  3100
  •  24.02.2018 12:55

Telegram’dagi ma’lumotlaringiz qanchalik maxfiy?

Garchi dunyo bo‘ylab ushbu messenjerning foydalanuvchilari bisyor bo‘lsa-da, Telegram kompaniyasi uning maxfiylik siyosatini ishlab chiqqanligini aksariyat bilmaydi.

O‘QING: Android uchun Telegram X yangilandi: avtomatik tungi rejim va yangi bosqichdagi xavfsizlik!

Aslida ushbu maxfiylik siyosati qoidalari hajman yirik, uning rus tilidagi to‘liq varianti bilan mana bu havola orqali o‘tib, tanishib chiqish mumkin. Messenjerda faoliyat yuritayotgan Teleblog kanali esa ushbu qoidalardan eng asosiylarining qisqacha mazmunini quyidagicha taqdim etgan.

  1. Telegram sizning maxfiy ma’lumotlaringizni hech qachon va hech kimga bermaydi.
  2. Telegram sizning yozishmalaringizni «bulutli» serverlarda saqlaydi, ularni siz biror qurilmangizda saqlab qo‘yishingiz shartmas. Siz o‘z xabarlaringizni kompyuterdan, telefondan yoki planshetdan kirib, o‘qib olishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

  1. Sizning ma’lumotlaringiz hamisha ishonchli himoya ostida, ularning shifrlash kalitlari hamda ma’lumotlarning o‘zi esa turli mamlakatlarda joylashgan serverlarda saqlanadi. Shu bois ham «Telegram bazasini buzib kirish» befoydaligini xakerlar bilishadi.
  2. Telegram sizning maxfiy chatlaringiz ma’lumotlarini saqlamaydi, chunki ular haqiqatan maxfiy bo‘lib qolishi kerak. Shu bois, qanchalik istasangiz-da, bitta maxfiy chatni ikkita turli qurilmangizdan kirib ocha olmaysiz. O‘zingiz ocha olmagach, boshqalar ko‘rishiga yo‘l bo‘lsin!

O‘QING: Telegram va WhatsApp’dagi o‘chirilgan xabarlarni ham o‘qish yo‘li topildi!

  1. Telegram sizning kartalaringiz ma’lumotlarini saqlab qolmaydi va, turli botlar orqali xarid qilganingizda, karta ma’lumotlaringiz bilan bog‘liq har qanday operatsiyalarga aralashmaydi.
  2. Agarda o‘zingizning Telegram-akkauntingizni o‘chirib yuborishni istasangiz, u bilan bog‘liq barcha ma’lumotlaringizni ham yo‘qotib yuboradi. Hatto akkauntingizga kamida yarim yil mobaynida kirmay qo‘ysangiz ham akkauntingiz va uning ma’lumotlari o‘z-o‘zidan o‘chirib yuboriladi.

O‘QING: Xushxabar: Telegram’da qidirish osonlashdi

  1. Telegram sizning deyarli barcha ma’lumotlaringizni o‘chirib yuboradi, ya’ni... mushuklar suratlarigina saqlanib qoladi! Kompaniya jamoasi buni shu jonivorlarga mehr qo‘ygani bilan izohlaydi.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.