Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun tugmachalar kombinatsiyalari

  •   DiMaX
  •  1269
  •  16.05.2018 09:17

Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun tugmachalar kombinatsiyalari

O‘zbekistonda faol qo‘llaniladigan Telegram messenjerining kompyuter va noutbuklarga mo‘ljallab chiqargan ilovasi – Telegram Desktop ham juda ommabop. Bugun mazkur dasturda ayrim amallarni tezkor va oson bajarishga xizmat qiluvchi tugmachalar jamlanmalarini ko‘rib chiqamiz.

O‘QING: Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

Quyidagi tugmachalar kombinatsiyalari Telegram Desktop’ning Windows hamda macOS tizimli qurilmalar uchun taqdim etilgan talqinlarida amal qiladi:

  1. «Yuqoriga yurish» tugmachasi – joriy yozishmadagi so‘nggi xabaringizni tahrirlash;
  2. CTRL/Command va «yuqoriga yurish» tugmachasi – tanlangan xabarga javob yozish;
  3. CTRL/Command + F – ayni damda ochiq yozishmadan izlash;
  4. CTRL/Command + M – dasturni pastga – topshiriqlar paneliga yig‘ib qo‘yish;
  5. CTRL/Command + W – dasturni treyga (pastki o‘ng burchakka – ko‘rinmas qilib) yig‘ib qo‘yish;
  6. CTRL/Command + L – agarda Telegram Desktop’ga kod-parol o‘rnatilgan bo‘lsa, dasturni qulflash;

O‘QING: Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?

  1. CTRL/Command + Q – Telegram Desktop’ni to‘liq yopish;
  2. ALT/Option + strelkalar – chatlar bo‘ylab yuqoriga/pastga yurish; ikkinchi varianti: ALT/Option + Tab (chatlar bo‘ylab pastga yurish) hamda ALT/Option + Shift + Tab (chatlar bo‘ylab yuqoriga yurish);
  3. Esc – chatni tanlash (shuningdek, qidiruv) sahifasiga o‘tish;
  4. Biror xabarga javob yozayotganda Esc – javobni bekor qilish (matn terish maydonchasi bo‘sh bo‘lsagina);
  5. Audioyozuvlarni ijro etayotganida ovoz sozlash indikatoriga olib borib, sichqonchaning g‘ildirakchasi orqali ijro tovushini balandlatish va pastlatish mumkin.

To‘g‘ri, tugmachalarning bunday kombinatsiyalari dastlab noqulayroq tuyulishi mumkin, ammo tezda o‘rganib ketasiz va shundan keyin Telegram Desktop’da ishlashingiz ancha oson hamda tez kechadi.

O‘QING: Telegram Desktop 1.3 talqinida chiqdi – unda ko‘plab yangi imkoniyatlardan bahra oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!