Telegram Desktop’ning yangilangan 1.2.10 Alfa-versiyasida qanday o‘zgarishlar bor?

  •   DiMaX
  •  1426
  •  09.03.2018 15:10

Telegram Desktop’ning yangilangan 1.2.10 Alfa-versiyasida qanday o‘zgarishlar bor?

Ushbu ommabop messenjerning kompyuterlarda foydalanish uchun chiqarilgan Telegram Desktop kliyentining Alfa-talqini shu kunlarda ketma-ket ikkita yangilanishga ega bo‘ldi. 7 mart kuni mazkur dastur 1.2.9 talqinigacha yangilangan bo‘lsa, bu versiyadagi ayrim nuqsonlarni bartaraf etish uchun, ikki kun ham o‘tmay turib 1.2.10 talqini taqdim etildi.

O‘QING: Telegram va Skype’da bepul PROMT tarjimoni ishga tushdi!

Ushbu ikkita yangilanish bilan Telegram Desktop foydalanuvchilariga quyidagi imkoniyatlar taqdim etilgan:

  1. Xabarga tezkor javob berish mumkin: buning uchun xabarning o‘ziga yoki uning yoniga sichqoncha bilan ikki marta chertish lozim.
  2. Stiker izlash imkoni bor: o‘zingizda mavjud stikerlar to‘plamiga kirish yoki yangilarini hamda GIF-animatsiyalarni izlash uchun, yangi qo‘shilgan tugmachani bosasiz.

  1. Xabar yozayotib, emodzi kiritilsa, unga mos stikerlar taklif etiladi. Bunda nafaqat o‘zingiz o‘rnatgan to‘plamlardagi, balki umuman ommabop paketlardagi stikerlar ham ko‘rsatiladi.
  2. Oxirgi qo‘llangan stikerlarni ko‘rsatish 20 tagacha kamaytirilgan.
  3. Endi biror kanalda sizni nikingiz bilan «eslashsa», bu sizga «eslashlar» tarzida ko‘rsatilmaydi, balki yangi xabar tarzida keladi.
  4. Qo‘ng‘iroqlar uchun mas’ul bo‘lgan libtgvoip kutubxonasi yangilangan.
  5. Turli nuqsonlar aniqlanib, bartaraf etilgan va kliyentning umumiy ishlashi yaxshilangan.

Yuqoridagi kabi yaxshilashlar bilan taqdim etilgan Telegram Desktop alfa-versiyasini olib o‘rnatish uchun, mana bu havola orqali messenjerning maxsus sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram’da ovozi o‘chirib qo‘yilgan chatlarni yashirish yo‘li ham topildi!