Telegram va WhatsApp raqibi – «Yandeks.Messenjer» taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  3194
  •  23.04.2020 11:44

Telegram va WhatsApp raqibi – «Yandeks.Messenjer» taqdim etildi!

«Yandeks» kompaniyasi «Yandeks.Chatlar» o‘rniga yangi – «Yandeks.Messenjer» xabar almashish servisini ishga tushirdi. Uning asosiy o‘ziga xosligi – kompaniyaning boshqa mahsulotlaridan ham kirish mumkinligidir.

O‘QING: O‘zbekistonda endi «Yandeks.Dengi» hamyonlarni to‘ldirish va identifikatsiya qilish mumkin!

Shu bilan birga, yangi mahsulot Telegram hamda WhatsApp kabi raqobatchi messenjerlarning bir qator funksiyalariga, hatto ularda mavjud bo‘lmagan imkoniyatlarga ham ega.

Yandex tizimida akkaunti mavjud bo‘lgan foydalanuvchilar uning messenjerida ro‘yxatdan o‘tishlari ham shart emas – muloqotni boshlash uchun kontaktlarga ruxsat berilsa kifoya. Kompaniya saytining bosh sahifasida, «Yandeks.Brauzer» mobil va desktop versiyalarida, shuningdek, iOS hamda Android tizimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan ilovasida «Yandeks.Messenjer» orqali muloqot qilish mumkin.

O‘QING: Karantin davrida bu ilovalar bir yarim baravarga ommalashdi!

«Yandeks.Messenjer»da matnli xabarlar uzatishdan tashqari videoqo‘ng‘iroq qilish, kanallar ochish, suhbatdoshga audioxabar jo‘natish imkoniyatlari ham mavjud.

Hattoki «Yandeks»ning o‘z texnologiyasi – SpeechKit nutqni tanish tizimi yordamida ovozli xabarlarni matnga aylantirish funksiyasi bor! Shuningdek, messenjerda har bir xabarga reaksiya (munosabat) belgilarini qo‘ysa bo‘ladi.

«Yandeks.Messenjer»ning maxsus kliyentini Android-devayslarga ushbu havola, iOS-gadjetlarga esa mana bu havola orqali o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: ICQ New: afsonaviy messenjer «aqlli» bo‘lib «qayta tug‘ildi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!