To‘liq ro‘yxat: Xiaomi bu yil yana qanday smartfonlar taqdim etadi?

  •   DiMaX
  •  1661
  •  14.05.2018 13:02

To‘liq ro‘yxat: Xiaomi bu yil yana qanday smartfonlar taqdim etadi?

To‘liq ro‘yxat: Xiaomi bu yil yana qanday smartfonlar taqdim etadi?

Xiaomi kompaniyasi turli narx toifalariga mansub bo‘lgan har xil modellarda smartfonlar taqdim etib kelayotir. Biroq uning bu yo‘nalishdagi navbatdagi rejalari ham ko‘pchilikka qiziq.

O‘QING: Yangi hamyonbop -- Xiaomi Redmi S2 taqdim qilindi

Kuni kecha Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi saytida Xiaomi’ning hali taqdim etilmagan bir nechta modeldagi smartfonlari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Undan ma’lum bo‘lishicha, kompaniya mavjud smartfon turkumlarining yangi avlodlarini taqdim etishdan tashqari, yana hozircha ma’lum bo‘lmagan yangi turkumlarda ham telefonlar ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ekan. Masalan, yaqinda taqdim etilgan Redmi S2 modelining «sherik»lari – Redmi S1 hamda Redmi S3 kabilardan tashqari, kompaniya yana Mi S turkumiga ham asos solmoqda.

Yuqoridagilardan tashqari, bu smartfonsoz hali Mi 7 (yoki, ayrim xabarlarga ko‘ra – Mi 8) flagmanini ham tez orada taqdim etishi kutilayotir.

O‘QING: Kutilmagan xabar: Xiaomi’ning yangi flagmani Mi 7 emas, Mi 8 bo‘lar ekan!

Xullasi kalom, Xiaomi kompaniyasi ushbu modellarni ro‘yxatdan o‘tkazgan va bu yil rasman namoyish etishi mumkin:

  1. Mi 7 Lite
  2. Mi S1
  3. Mi S2
  4. Mi S3
  5. Redmi S1
  6. Redmi S3
  7. Mi MIX 3s
  8. Redmi Note 6
  9. Redmi Note 6a
  10. Redmi Note 6A Prime
  11. Redmi Note 6 Prime
  12. Redmi 6 Plus
  13. Redmi A1
  14. Redmi A2

O‘QING: Xiaomi smartfonlari uchun qoyilmaqom MIUI 10 deyarli tayyor! («jonli» video)

Yangi smartfonlar haqidagi rasmiy ma’lumot reyestrga 11 may kuni kiritilgan va u 2023 yilning 31 dekabriga qadar amalda bo‘ladi. Ehtimol, bu modellarning barchasi joriy yilda emas, balki mana shu ko‘rsatilgan muddat mobaynida taqdim etilishi ham mumkin.

Afsuski, bu smartfonlarning texnik jihatlari va namoyish sanalari haqida hozircha birorta ham ma’lumot yo‘q. Biroq Xiaomi’ning shu paytgacha bozorga chiqarilgan ko‘plab modellardagi smartfonlarini o‘zimizda ham xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Toshkentda Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 12 may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!