Top-10: fevral boshida dunyo bo‘ylab eng ommalashgan smartfonlar

  •   DiMaX
  •  2908
  •  05.02.2018 14:49

Top-10: fevral boshida dunyo bo‘ylab eng ommalashgan smartfonlar

Joriy oyning so‘ngiga borib – MWC 2018 ko‘rgazmasida ko‘plab smartfonlar taqdim etilishi kutilmoqda. GSMArena resursi esa ayni kunlarda butun dunyo ahli eng qiziqayotgan mobil telefonlar reytingini e’lon qildi.

O‘QING: 2018 yil boshida eng ommalashgan 10 smartfon

Mazkur ro‘yxatga kirgan devayslarni jahonning turli burchaklaridan internet orqali eng ko‘p surishtirishadi. Reytingga allaqachon bozorga chiqarilgan smartfonlar ham, hali taqdim etilmagan modellar ham kirgan.

Mutaxassislar taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 2018 yil fevralining boshida eng ko‘p qiziqishlarga sabab bo‘lgan smartfon – hali rasman namoyish etilmagan Xiaomi Redmi Note 5 modeli ekan. Yilning boshidagi ommabop smartfonlar reytingida u ikkinchi pog‘onani egallab turgan edi.

O‘QING: Hayratomuz Redmi Note 5 sotuvga tayyor

Xiaomi kompaniyasi ikkinchi pog‘onani ham «begona qilmagan» – uning Mi A1 smartfoni o‘tgan galgi reyting yetakchisi bo‘lsa, bu safar Redmi Note 5 modeli bilan o‘rin almashgan. Garchi proshivkasining yangilanishi bilan bog‘liq muammolar ko‘p uchrayotgan esa-da, «toza» Android operatsion tizimiga ega bo‘lgan ushbu smartfonga baribir ko‘pchilik qiziqmoqda.

O‘QING: Millionlab Xiaomi smartfonlari egalarining yana omadi kelmadi

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlar Samsung mahsulotlariga nasib etgan – tegishlicha Galaxy J7 Pro hamda bir oy avval bozorga taqdim etilgan Galaxy A8 (2018) modellari.

O‘QING: Romsiz Galaxy A8 va A8+ (2018) sotuvga chiqarildi

Jahon bo‘ylab eng kutilayotgan flagman – Samsung Galaxy S9 esa kuchli beshtalikni yakunlab bergan. Taqdimot marosimi 25 fevralga belgilangan ushbu smartfon misli ko‘rilmagan texnologik yechimlarga ega bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Galaxy S9 yuzni tanish texnologiyasi – Intelligent Scan bilan tanishing! (video)

Reytingning oltinchi pog‘onasini esa... yana o‘sha Xiaomi ishlanmasi band etgan – Redmi 5 Plus modeli. Bu smartfon O‘zbekiston bozorlarida ham katta talab bilan xarid qilinmoqda.

O‘QING: Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlarini qulay narxlarda oling!

Xitoyliklar yettinchi o‘rinni ham qo‘ldan chiqarishmagan – Oppo F5 gadjeti. Bu model 20 megapikselli old kamerasi bilan selfi ishqibozlari orasida juda ommalashgan.

O‘QING: 20 Mp selfi-kamerali Oppo F5 taqdim qilindi. Ilk selfilar olishga ham ulgurishdi.

Fevralning boshida ommalashgan smartfonlar ro‘yxatining sakkizinchi va o‘ninchi qatorlarini ham Samsung telefonlari egallagan – tegishlicha Galaxy A8+ (2018) devaysi hamda Galaxy S8 flagmani. Ular orasidagi to‘qqizinchi o‘rinni esa Xiaomi’ning eng arzon smartfoni – Redmi 5A band etgan.

O‘QING: Galaxy A8+ yoki OnePlus 5T: qay birini olsam ekan?

Ta’kidlash kerakki, mazkur ro‘yxatda tilga olingan va hozirda sotuvda bo‘lgan modellarning aksariyati O‘zbekiston smartfon bozorlarida ham topiladi. Bundan tashqari, smartfon, planshet yoki boshqa elektrotexnika tovarlarini onlayn xarid qilish mumkin.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.