Ucell aksiya doirasida Xiaomi smartfonlariga chegirmalar taqdim etmoqda

  •   DiMaX
  •  8636
  •  09.12.2017 16:09

Ucell aksiya doirasida Xiaomi smartfonlariga chegirmalar taqdim etmoqda

Yangi yil bayrami arafasida Ucell aloqa operatori «Smartfonlarga chegirmalar» aksiyasini yo‘lga qo‘ygan. Bu to‘g‘rida operator saytining korporativ mijozlar uchun yangiliklar bo‘limida xabar berilgan.

O‘QING: Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilganlarga Ucell megabaytlar beryapti

«Smartfonlarga chegirmalar» yangi yil aksiyasi doirasida korporativ mijozlar qulay narxlarda zamonaviy smartfon olishlari mumkin. Bunda tegishli Xiaomi smartfonlarini 45 foizgacha chegirmalar bilan xarid qilish imkoni mavjud.

Ucell taklif etayotgan Xiaomi smartfonlarining modellari va ularning chegirmadagi narxlari quyidagicha:

  1. Xiaomi Redmi 4A – 1 150 000 so‘m
  2. Xiaomi Redmi 3S – 1 950 000 so‘m
  3. Xiaomi Redmi Note 3 Pro – 2 550 000 so‘m
  4. Xiaomi Mi Max – 3 150 000 so‘m

Smartfonlardan har birining xususiyatlari hamda ular bilan taqdim etiluvchi to‘plam shartlari, shuningdek, qurilmalarning kafolat shartlarini ularning nomlaridagi havola orqali tegishli sahifaga o‘tib, o‘qib olishingiz mumkin.

Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi smartfonlardan istalgan birini xarid qilgan abonentga Ucell tomonidan 100 megabayt hajmida bonus ham taqdim etadi. Bonus internet-trafikning amal qilish muddati – ulanishdan boshlab 30 kun.

O‘QING: Ucell’ning «Internet-sehr» aksiyasi: Samsung smartfonlari va hatto iPhone X yutib olish mumkin!

«Smartfonlarga chegirmalar» yangi yil aksiyasi 2018 yil 2 maygacha amal qiladi. Uning shartlari bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.