Ucell yangi – «Active» tarif rejalari tizimini joriy etdi!

  •   DiMaX
  •  11944
  •  22.06.2018 17:10

Ucell yangi – «Active» tarif rejalari tizimini joriy etdi!

Uyali aloqa operatorlari xalqimizni turli aksiyalar, yangi xizmatlar va tarif rejalari bilan xursand qilishda davom etmoqda. Jumladan, Ucell futbolsevar mijozlari uchun maxsus xizmat hamda bitta aksiya e’lon qilgan.

O‘QING: Futbol ishqibozlariga Ucell tuhfasi – «Narxlarga zarba» aksiyasi!

Bugun, 22 iyun kuni ushbu kompaniya o‘z rasmiy saytida yana bitta xushxabarni – «Active» tarif rejalari tizimini ishga tushirayotganini e’lon qildi.

Yangi «Active» tarif rejalari bilan 40 000 so‘mdan boshlangan oylik abonent to‘lovi evaziga siz internet uchun minglab megabaytlar, Telegram ilovasi va Tas-IX hududi uchun megabaytlar, shuningdek tarmoq ichida va tarmoqdan tashqari minglab daqiqalar olasiz.

Ushbu tizimga uchta tarif rejasi kiradi; ularning narxlari va taqdim etiluvchi oylik limitlar quyidagicha:

Tarif rejasining nomi

Active 40

Active 60

Active 90

Oylik abonent to‘lovi

40 000 so‘m

60 000 so‘m

90 000 so‘m

Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar

2 500 daq.

3 000 daq.

5 000 daq. (umumiy)

O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar

500 daq.

1 500 daq.

O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlar

500 SMS

500 SMS

3 000 SMS

Oylik internet-trafik

2 000 MB

5 000 MB

10 000 MB

Tungi vaqtga internet-trafik

1 000 MB

1 500 MB

2 000 MB

Telegram uchun internet-trafik

500 MB

1 500 MB

6 000 MB

Tas-IX uchun internet-trafik

1 000 MB

2 000 MB

4 000 MB

Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, «Active» tarif rejalaridan istalgan biriga o‘tish bepul hisoblanadi. Ularning shartlari bilan batafsil tanishish va Ucell xizmatlari bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni olish uchun kompaniyaning rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Ucell aksiyasi: 99 so‘mga 1500 MB olib, «Tezlikni his eting!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.