Ucell yangi – «Kayfiyat» tarif rejalari tizimini joriy etdi

  •   DiMaX
  •  45095
  •  27.04.2018 18:04

Ucell yangi – «Kayfiyat» tarif rejalari tizimini joriy etdi

O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari turli yangi tariflar, aksiyalar va bonuslar bilan o‘z mijozlarini xursand qilishda davom etishmoqda. Ucell brendi ostida faoliyat yuritayotgan «COSCOM» MChJ ham bu borada faollik ko‘rsatmoqda.

O‘QING: Ucell har xil bonuslarga to‘la «Yangi ijobiy» tarif rejasini joriy etdi!

Endi esa Ucell operatori «Kayfiyat» yangi tarif rejalari tizimini taqdim etdi. Ushbu tarif rejalari tizimi 10 000 so‘mdan boshlangan oylik abonent to‘lovi evaziga abonentlarga muloqot uchun eng kerakli barchasi – butun bir oy uchun daqiqalar va megabaytlarni taqdim etadi. Tizimda uchta tarif rejasi ko‘zda tutilgan:

«Yaxshi kayfiyat» tarifida abonentga tarmoq ichida 500 daqiqa, Telegram ilovasi uchun 300 megabayt hajmida trafik taqdim etiladi. Uning oylik abonent to‘lovi atigi 10 000 so‘mni tashkil etadi.

Ikkinchi tarif rejasi esa «Zo‘r kayfiyat» deya nomlangan bo‘lib, tarmoq ichida 750 daqiqa, tarmoqdan tashqarida 25 daqiqa, umumiy internet uchun 300 megabayt hamda Telegram ilovasi uchun 500 megabayt hajmida trafikni o‘z ichiga oladi. Ushbu tarifning abonent to‘lovi oyiga 15 000 so‘mga teng.

O‘QING: Ucell aksiyasi: hisobni QIWI orqali to‘ldirib, 100 foizlik bonus oling!

«A’lo kayfiyat» deb ataluvchi uchinchi tarif rejasida esa tarmoq ichida 1000 daqiqa, tarmoqdan tashqarida 50 daqiqa, internet uchun 500 hamda Telegram uchun 1000 megabayt hajmida trafik beriladi. Bularning barchasi 20 000 so‘m miqdoridagi oylik abonent to‘lovi evaziga taqdim etiladi.

Bugina emas: abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur tarif rejalarida yaxshi bir opsiya kiritilgan. Ya’ni, agar oyning dastlabki kunlarida abonentning hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda abonentning hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi hamda bir kunlik daqiqalar va megabaytlar belgilanadi.

Ushbu opsiya hamda umuman «Kayfiyat» tarif rejalari xususida batafsil ma’lumot olish uchun Ucell saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: 31 martdan Ucell’ning «Yanada ko‘p ijobiylik» aksiyasi doimiy bo‘ldi