VIDEO: «qurilmalarni qiynovchi» JerryRigEverything yilning eng mustahkam smartfonini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1162
  •  27.10.2018 13:29

VIDEO: «qurilmalarni qiynovchi» JerryRigEverything yilning eng mustahkam smartfonini e’lon qildi

Foydalanuvchilar uchun smartfonlarning funksionalligi bilan birga korpusining mustahkamligi ham muhim. Shu boisdan, qurilmalarning drop-testlari, ularni tirnab, buklab, sindirib va yondirib ko‘rish orqali sinab ko‘rilgan videolar judayam ommabop.

O‘QING: Drop-test: Mashhur videobloger iPhone XS’ni sindirishga urinib ko‘rdi. Xo‘sh, natijasi-chi?

Smartfonlar drop-testlari, ularning ichini ochib ko‘rishlar yo‘nalishi bo‘yicha eng mashhur videoblogerlardan biri Zak Nelson (Zach Nelson) hisoblanadi. U o‘zining  JerryRigEverything kanalida ko‘plab telefonlarning mustahkamlik testlarni e’lon qilgan.

Xullasi kalom, ushbu videoblogerning qo‘liga yaqinda taqdim etilgan Razer Phone 2 geymerlar smartfoni kelib tushdi. Uning Gorilla Glass 5 himoya shishasi qoplangan ekranini Zak Nelson tirnab ko‘rib, qattiqligini Moos shkalasi bo‘yicha 6 ballna baholadi.

Ekranni yondirgich alangasi orqali o‘n soniyacha kuydirilganida, displeyda katta qora dog‘ yuzaga keldi. Lekin u tezda g‘oyib bo‘ldi, ya’ni Razer Phone 2 geymerofoni ochiq olovga ham chidamli ekan!

O‘QING: Ilk o‘yinbop smartfon kutilmaganda naq 300 dollarga arzonlashdi!

Shuningdek, mazkur smartfon qo‘l bilan bukish sinoviga ham mardona turib berdi – korpusi umuman egilmadi va butunligicha qoldi. Mana, Razer Phone 2 modelining drop-test jarayonini quyidagi videolavhada ko‘rishingiz mumkin:

Xullasi kalom, JerryRigEverything kanali muallifining xulosasiga ko‘ra, Razer Phone 2 modeli 2018 yilda bu stolga tushgan eng mustahkam smartfonlardan biri ekan.

Aytish kerakki, o‘yinlarga moslab chiqarilgan Razer Phone 2 hozircha O‘zbekiston bozoriga yetib kelmagan. Lekin 2018 yilning aprelidan to oktyabriga qadar benchmarklarda birinchi o‘rinni qo‘ldan bermay kelayotgan Xiaomi Black Shark geymerofoni hamda «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmani uchun Terashop.uz internet-do‘konimizda onlayn usulda buyurtma berishingiz mumkin.

O‘QING: Black Shark, Pocophone F1 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 25 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!