Windows 10 litsenziya kalitini topib beruvchi ilova

  •   DiMaX
  •  3209
  •  06.02.2018 13:02

Windows 10 litsenziya kalitini topib beruvchi ilova

Odatda litsenziya kalitini topish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Agarda siz oldindan Windows 10 o‘rnatilgan noutbuk yoki desktop kompyuter xarid qilgan bo‘lsangiz, undagi operatsion tizim uchun litsenziya kaliti qurilmaning korpusida yoki uning hujjatlari bilan birga taqdim etilgan bo‘ladi. Agarda tizimning moddiy diskdagi versiyasini sotib olgan bo‘lsangiz, kalit o‘sha disk qutisi ichida, bordiyu kalitning raqamli shaklini xarid qilgan bo‘lsangiz – elektron pochtangizga keladi.

O‘QING: Windows 10’dagi beshta «maxfiy», ammo foydali funksiya

Ammo hayotda turli vaziyatlar bo‘ladi, shu jumladan, turli sabablarga ko‘ra litsenziya kalitini yo‘qotib qo‘yish ham mumkin. Masalan, noutbuk ishlab chiqaruvchisi undagi operatsion tizimning litsenziya kalitini ko‘rsatmagan bo‘lishi, pochtangizni xakerlar buzib qo‘yishi, Windows 10 diskining qutisi yo‘qolib qolishi kabi ehtimollar mavjud.

Shunday holatlarda, Windows 10 litsenziya kaliti sizga shoshilinch zarur bo‘lib qolsa, uni topish uchun bepul ProduKey dasturidan foydalansangiz bo‘ladi. Buning uchun mazkur ilovani mana bu havola orqali o‘tib, ko‘chirib olasiz. Dastur sizning kompyuteringizni tekshirib chiqadi va litsenziya kalitini topib beradi.

O‘QING: Windows 10 uchun 7 ta ishonchli antivirus

E’tibor bering: ayrim antiviruslar ProduKey dasturini virus, deb hisoblab, sizni ogohlantirishi mumkin. Ammo xavotirga o‘rin yo‘q – bu ilova mutlaqo xavfsiz bo‘lib, qurilmangizga aslo ziyon yetkazmaydi.

O‘z Windows 10 tizimingizning litsenziya kalitini topib olgach, uni albatta yozib olib, ishonchli joyda saqlab qo‘yishni unutmang.

O‘QING: Turli brauzerlarda saqlangan parollarni ko‘rish yo‘llari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!