Xiaomi ertaga Mi Band 4'dan tashqari yettita qurilmani, shu qatorda "dunyoni o‘zgartiruvchi" sirli mahsulotini ham taqdim qiladi!

Xiaomi ertaga Mi Band 4'dan tashqari yettita qurilmani, shu qatorda

Xiaomi barcha davrlarning eng yaxshi startaplaridan biri va ushbu kompaniyaning har bir e’loni boshqa texnogigantlarniki kabi muhim ahamiyatga ega. Ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, tizeriga ko‘ra naq sakkizta qurilma ko‘rsatilishi aytilayotgan namoyish, ayni vaqtdagi eng katta va kutilganlaridan biri bo‘lishi mumkin. Bularning orasida uzoq kutilgan Mi Band 4, shuningdek, sotuv uchun tayyor holatdagi boshqa ko‘plab qurilmalar ham bor.

Shulardan oltitasi butunlay yangi avlod aqlli maishiy texnikalar bo‘ladi. Bularning orasida Feng Wei Holdings ishlab chiqqan yangi aqlli oshxona jihozlari ham mavjud. Shuningdek, tizerda yozilgan so‘zlarga qaraganda yuqorida aytib o‘tilgan Mi Band 4 bilan birgalikda sirli qurilma ham bor va ushbu qurilma “taqdirni o‘zgartirishi” mumkinligi iddao qilinmoqda.

Mi Band 4 haqida oxirgi paytlarda juda ko‘p yangiliklar paydo bo‘ldi va bu albatta bekorga emas. Ushbu qurilma arzon narxi, shu bilan birga yuqori sifatli dunyodagi eng ko‘p taqiladigan smart-bilaguzuklardan biri bo‘lganligi sababli uni barcha intizorlik bilan kutmoqda. Biz allaqachon  Xiaomi Mi Band 4 Bluetooth 5.0'ni qo‘llab-quvvatlashini va 135 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lishi kutilayotganini, shuningdek, qurilma NFC bor yo‘qligiga qarab ikki xil talqinda ishlab chiqarilishini bilamiz. Ammo taqdirni o‘zgartishi mumkin bo‘lgan qurilma haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Yangi qurilma yuqori va kutilmagan darajada revolyusion suratlarda sotilishi aytilmoqda. Kompaniyaning aytishicha, biz avval bunga o‘xshash narsani ko‘rmaganmiz. Ular ushbu mahsulotni “navbatdagi katta narsa” deb atashayotganidan anglash mumkinki, Xiaomi bizni xayratlantira olishga butunlay ishonmoqda.

Xiaomi Mi Band 4

Ertagalik namoyishda aynan nimani ko‘rishimiz biz uchun juda ham muhim. Balki, nihoyat Xiaomi'ning buklamafonini ko‘rarmiz. Ammo, fikrimizcha bu aqlbovar qilmas darajada qiyin masala. Namoyishni ertaga Toshkent vaqti bilan 11:00 dan boshlab onlayn tarzda Telegram'dagi guruhimiz orqali sharhlab borishga harakat qilamiz. Ushbu tarixiy taqdimotni o‘tkazib yubormaslik uchun shu yerga bosib guruhimizga a’zo bo‘ling va bizni kuzatishda davom eting! 

O‘QING: Xiaomi yana buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘rsatib maqtandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.