Xiaomi Mi 7’ning barcha xususiyatlarini bittada ko‘rib chiqamiz!

  •   DiMaX
  •  2831
  •  19.02.2018 11:22

Xiaomi Mi 7’ning barcha xususiyatlarini bittada ko‘rib chiqamiz!

Xitoylik ushbu kompaniyaning yettinchi avlod flagmani – Mi 7 smartfoni haqida turli ma’lumotlar, uning rasmlari va hatto render videosi ham tarqalgan. Biroq uning taqdimoti yilning ko‘plab smartfonlari singari MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida emas, balki keyinroq bo‘lib o‘tishi aytilayotir.

O‘QING: Xiaomi Mi 7 har tomonlama suratlar va videoda!

AKKet nashri esa Xiaomi Mi 7’ning barcha xususiyatlari haqidagi to‘liq ma’lumotni qo‘lga kiritganini xabar qilmoqda. Qisqacha aytganda, ushbu flagman 5,65 dyuymli IPS-ekranga ega, uning tomonlari esa o‘zaro 18:9 nisbatda, tasvir aniqligi 2160x1080 pikselli. Smartfon eng ilg‘or – 8 yadroli Snapdragon 845 protsessori, Adreno 630 grafik tezlatgichiga ega. Qo‘shaloq asosiy kamera, USB Type-C porti, NFC moduli, tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 4480 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Operatsion tizim sifatida esa Android 8.1 Oreo talqini bazasidagi MIUI 9 tanlangan.

Agar batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, Xiaomi Mi 7 texnik xususiyatlari quyidagicha...

Korpusining materiali va ranglari

Ranglari

Qora, ko‘k, oq

Korpus materiali

Metall, keramika

Qo‘llab-quvvatlanadigan tarmoqlar

Uyali aloqa texnologiyalari

UMTS

EDGE

GPRS

HSPA+

LTE Cat 18 (1.2 Gbit/s)

EV-DO Rev.

TD-SCDMA

TD-HSDPA

Protsessor

SoC (kristalli tizim)

Qualcomm Snapdragon 845

Texnologik jarayon

10 nanometr

Protsessor (CPU)

4x 2.8 GGs Kryo 385

4x 1.8 GGs Kryo 385

Protsessor razryadliligi

64 bit

Arxitekturasi

ARMv8-A

Ikkinchi darajali (L2) kesh-xotirasi

3072 KB

3 MB

Protsessor yadrolari soni

8

Protsessorning takt chastotasi

2800 megagers

Grafik protsessor (GPU)

Qualcomm Adreno 630

Tezkor xotira (RAM) hajmi

6 GB

8 GB

Tezkor xotira (RAM) turi

LPDDR4X

Tezkor xotira kanallari soni

To‘rt kanalli

Tezkor xotira chastotasi

1866 megagers

O‘QING: Snapdragon 845 chipli ilk smartfon sinovda barcha raqiblarini «yer tishlatdi»!

Doimiy xotira

Doimiy xotira hajmi

64 GB

128 GB

Ekran

Texnologiyasi

IPS

Diagonali

5.65 dyuym

Tomonlarning o‘zaro nisbati

18:9

Tasvir aniqligi

1080x2160 pikselli

Piksellar zichligi

427 ppi (har dyuymda shuncha piksel)

Ranglar chuqurligi

24 bit

Datchiklar

Datchiklar (sensorlar)

Yaqinlashuv datchigi

Yorug‘lik datchigi

Akselerometr

Kompas

Giroskop

Barometr

Barmoq izi skaneri

Xoll datchigi

O‘QING: Smartfonda nechta va qanday datchiklar bo‘ladi?

Asosiy kamera

Datchik turi

CMOS (complementary metal-oxide semiconductor)

ISO (yorug‘likni sezishi)

100 – 3200

Diafragma

f/1.7

Chaqnoq turi

Qo‘shaloq LED

Tasvir aniqligi

4608x3456 pikselli

15.93 megapikselli

Videoga olish aniqligi

3840x2160 pikselli
8.29 megapikselli

Videoga olish chastotasi

30 kadr/soniya

Kamera xususiyatlari

Avtofokus

Seriyali s’yomka

Raqamli zum

Optik zum

Tasvirni raqamli barqarorlashtirish

Tasvirni optik barqarorlashtirish

Geografik teglar qo‘yish

Panoramali s’yomka

HDR s’yomka

Sensorli fokuslashtirish

Qiyofani tanish

Oq rang balansi sozlamasi

ISO sozlamasi

Ekspozitsiyaning kompensatsiyalanishi

Avtomatik ishga tushirish

Sahnani tanlash rejimi

RAW

Old kamera

Datchik turi

CMOS (complementary metal-oxide semiconductor)

Diafragma

f/2.0

Tasvir aniqligi

3264x2448 pikselli

7.99 megapikselli

Videoga olish aniqligi

1920x1080 pikselli

2.07 megapikselli

Videoga olish chastotasi

30 kadr/soniya

O‘QING: Xiaomi smartfonlarida sifatli suratga olish uchun kamerani qanday sozlaymiz?

Modullar va portlar

Navigatsiya va joylashuvni aniqlash

GPS

A-GPS

GLONASS

BeiDou

 

Wi-Fi

802.11a (IEEE 802.11a-1999)

802.11b (IEEE 802.11b-1999)

802.11g (IEEE 802.11g-2003)

802.11n (IEEE 802.11n-2009)

802.11n (5 GGs)

802.11ac (IEEE 802.11ac)

Dual band

Wi-Fi Hotspot

Wi-Fi Direct

Wi-Fi Display

 

Bluetooth talqini

5.0

Bluetooth xususiyatlari

  • A2DP (Advanced Audio Distribution Profile)
  • LE (Low Energy)

 

USB portining turi

USB Type-C

USB portining talqini

2.0

USB portining xususiyatlari

USB orqali quvvatlash

Periferik qurilmalar ulash

Ma’lumotlar uzatish

On-The-Go

 

Quloqchin tirqishi (3,5 millimetrlik)

Yo‘q

 

Qurilmalar ulanishi

Computer sync

OTA sync

Infraqizil port

Tethering

DLNA

NFC

VoLTE

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 2S’ning ilk «jonli» videosini ko‘ramiz!

Akkumulyator

Sig‘imi

4480 mA/soat

Tip

Li-polymer (litiy-polimerli)

Tezkor quvvatlash texnologiyasi

Qualcomm Quick Charge 3.0

Xususiyatlari

Tezkor quvvatlash

Olinmaydigan batareya

Operatsion tizim

Operatsion tizim talqini

Android 8.1 Oreo bazasidagi MIUI 9

O‘QING: Redmi 5 Plus va boshqa Xiaomi smartfonlarining narxlari (2018 yil 17 fevral)

Ko‘rib turganingizdek, Xiaomi Mi 7 bozordagi smartfonlar orasida eng ilg‘or texnik ta’minot bilan jihozlangan, ammo u OLED-matritsaga ega emas. Shuningdek, an’anaviy 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi yo‘qligi ham foydalanuvchilarga ortiqcha noqulaylik tug‘diradi. Hozirda tezkor quvvatlashning Quick Charge 4.0 va hatto 4.0+ talqini chiqqan esa-da, xitoyliklarning flagmani faqat Qualcomm Quick Charge 3.0 talqinini qo‘llab-quvvatlaydi.

Afsuski, yangi smartfon Qi texnologiyasi bo‘yicha simsiz quvvatlash texnologiyasiga egami yoki yo‘qligini hozircha aniqlab bo‘lmagan. Balki hali taqdimot vaqtigacha Mi 7’ning xususiyatlariga yana aniqlik kiritilar. Uning ekraniga barmoq izi skaneri integratsiya qilinishi haqida ham taxminlar bor.

O‘QING: Xiaomi'dan yaxshi smartfon tanlaymiz, bu – oson ish emas!