Xiaomi: «MIUI 10 taqdirini siz hal etasiz!»

  •   DiMaX
  •  1952
  •  03.02.2018 10:56

Xiaomi: «MIUI 10 taqdirini siz hal etasiz!»

«Xitoycha Apple» o‘z smartfonlari uchun operatsion tizimning grafik qobig‘i – MIUI proshivkasi navbatdagi talqinini tayyorlayotgani haqida xabar berganmiz. Ammo uning qanday nomlanishi haqidagi xabarlar turlicha...

O‘QING: Xiaomi o‘z smartfonlariga MIUI X tayyorlayotganini tasdiqladi

Gap shundaki, korporatsiyaning dasturiy ta’minot masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Xuan Lonjun bu proshivkaning sanoq bo‘yicha o‘ninchi versiyasi MIUI X deb nomlanishi haqida ma’lumot bergan edi. Ammo...

2017 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot anjumanida Xiaomi kompaniyasi MIUI proshivkasining navbatdagi – 10-versiyasini rasman taqdim etdi. Operatsion tizim qobig‘ining ushbu talqini, Xuan Lonjun aytganidek «X» qo‘shimchasiga ega bo‘lgani yo‘q, balki oddiygina MIUI 10 deb nomlandi.

O‘QING: Xiaomi MIUI 10’ni rasman namoyish etdi

Biroq Xiaomi kompaniyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z rasmiy sahifasida e’lon qilgan so‘rovnomaga qaraganda, u hali bu proshivkani qanday nomlash borasida bir qarorga kelmagan ko‘rinadi. Mazkur so‘rovnomada u o‘z fanatlariga proshivkaning navbatdagi talqini nomi sifatida ikkita variantdan birini tanlashni taklif etgan – MIUI 10 yoki MIUI X.

«To‘g‘risini aytamiz – MIUI 10 (yoki MIUI X) taqdim etilishigacha hali juda ko‘p vaqt bor, – deyiladi so‘rovnoma sahifasida. – 2018 yilning  23 yanvarida biz MIUI 10 chiqishi haqida xabar bergandik. Ammo bu yangilanish o‘ziga xos bo‘lajagini e’tiborga olib, uni qanday nomlash ma’qul bo‘liishi borasida sizning fikringizni bilmoqchimiz».

Garchi «X» qo‘shimchasi chiroyliroq ko‘rinadigan va Apple’ning yubiley ayfonidan keyin ko‘pchilik hozir unga taqlidan turli mahsulotlar nomlarida «X»dan foydalanayotgan bo‘lsa-da, Xiaomi ishqibozlaridan aksariyati bu so‘rovnomada «MIUI 10» variantini tanlashmoqda. Lekin so‘rov hali davom etayotir va proshivkaning navbatdagi talqini taqdiri uning yakuniy natijasiga qarab hal etiladi.

O‘QING: Ilg‘or MIUI X tizimiga ega bo‘ladigan Xiaomi'lar ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!