Xiaomi: «sun’iy ong»li Mi MIX 2S kamerasining modullari bir-biridan mustaqil ishlaydi!

  •   DiMaX
  •  1482
  •  07.03.2018 11:36

Xiaomi: «sun’iy ong»li Mi MIX 2S kamerasining modullari bir-biridan mustaqil ishlaydi!

Yaqin orada taqdimoti kutilayotgan smartfonlardan biri – «xitoycha Apple»ning Mi MIX 2S modelidir. 27 mart kuni namoyish etiladigan mazkur flagman to‘g‘risida bir qancha ma’lumotlar hamda uning suratlari internetda e’lon qilingan.

O‘QING: «Boshqacha» Xiaomi Mi Mix 2S’ni har ikki tomonidan «jonli» tomosha qilamiz!

Kuni kecha Xiaomi kompaniyasi ushbu smartfon haqida g‘alati uslubda bir ma’lumot e’lon qildi. Ishlab chiqaruvchi tarqatgan sirli GIF-animatsiyada ishora qilinishicha, Mi MIX 2S qo‘shaloq kamerasining ob’yektivlari birgalikda bitta ob’yektni suratga olishdan tashqari, har biri alohida ishlash qobiliyatiga ham ega:

Taxminlarga ko‘ra, Xiaomi Mi MIX 2S asosiy kamerasining bitta moduli foto va videolar suratga olishga xizmat qilsa, ikkinchisi ob’yektlarni «tanib olish», fokusni sozlash va hatto hujjatlarni skanerlashni «o‘rgana oladi».

Zero, Xiaomi e’lon qilgan quyidagi tizerga ko‘ra, Mi MIX 2S kamerasiga «sun’iy ong» tizimi tatbiq etiladi:

Xiaomi Mi MIX 2S gadjetiga nisbat berilayotgan texnik xususiyatlar, uning suratlari haqida avvalgi maqola va xabarlarimizdan batafsil ma’lumot olishingiz, shuningdek, videosini tomosha qilishingiz mumkin.

O‘QING: Mi MIX 2S dunyodagi eng qudratli smartfonlardan biri bo‘lishini Xiaomi tasdiqladi (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.