Xushxabar: Android uchun ham Telegram X taqdim etildi!
Telegram kompaniyasi bir oycha avval iOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalar uchun o‘z messenjerining muqobil ilovasi – Telegram X dasturini taqdim etgandi. Keyinroq esa Android-qurilmalar uchun uning rasmiy muqobili – Challegram ilovasi ham chiqarilgan edi.
O‘QING: Google Play’da Telegram X’ning rasmiy analogi paydo bo‘ldi
Endi esa mana shu Challegram kliyenti 0.20.4.743 talqinigacha yangilanib, uning nomi ham «Telegram X»ga aylantirildi.
Android-devayslar uchun taqdim etilgan mazkur kliyentning original Telegram ilovasidan farqli jihatlari mavjud. Ushbu messenjer TDLib (Telegram Database Library) asosida yaratilgan, shu bois u tezkor xotirani kamroq talab qiladi va protsessorga ham ko‘p og‘irlik solmaydi. Bular evaziga u batareyaning quvvat sarfini ham tejaydi. Shuningdek, Telegram X original messenjerdan ko‘ra ikki karra tezroq ishlaydi.
O‘QING: Ehtiyot bo‘ling – Teligram! Ommaviy messenjerning zararli kloni tarqaldi
Telegram X’ning 0.20.4.743 versiyasida «yashil robotchali» qurilmalar egalari uchun quyidagi o‘zgarishlar taqdim etilgan:
- Challegram nomi va belgichasi Telegram X tarzida o‘zgartirilgan.
- Yangi musiqiy oqimli audioijrochi ishga tushirilgan. Uning afzalliklari:
- Audiofayl 8 foizga yuklanishi bilan uning ijrosi boshlanadi. Keyin esa uning yuklanishi ham qanchalik tinglanishiga qarab davom etadi;
- Yuklanish tezligi sezilarli darajada oshgan;
- Fayllarning biridan ikkinchisiga silliq o‘tiladi;
- Ijro etiladigan fayllar navbatini boshqarish (revers, joyini o‘zgartirish, ijro davomida ham elementlar qo‘shish va o‘chirish) mumkin.
- Fotosuratlarni tahrirlash: Paint Tool – rasmlar uchun yaxshilangan muharrir bo‘lib, unda chizish jihozlari (o‘qlar, to‘rtburchaklar va hokazo) mavjud.
- Profildagi, albomlardagi va umumiy tashuvchilardagi suratlar uchun burash (prokrutka) funksiyasi.
- Stikerlarning dastlabki ko‘rish joyidanoq stikerlar to‘plamini tanlash mumkin.
- Media Viewer’da subtitr ob’yektlarini tanlash mumkin.
- Twitter hamda Instagram’dagi xabarlar suratlari endi t.me orqali o‘tadi va albomlarda aks etadi.
- Kontaktni yuborishdan avval tasdiqlash so‘raladi.
- Ko‘plab boshqa yaxshilashlar.
Android operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi qurilmalarga Telegram X ilovasini mana bu havola orqali o‘rnatib olish mumkin.