2019 yil boshidagi AnTuTu reytingi: iPad Pro 2018 katta farq bilan oldinda!

Yangi reytingda 2018 yili taqdim etilgan ikkita – 11 hamda 12,9 dyuymlik aypadlar juda yuqori natija ko‘rsatdi. iPad Pro 2018 modellarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari 555 ming balldan oshib ketgan.

iPhone’ni yangilamay turing – u «g‘isht»ga aylanishi mumkin!

Yangilangan iPhone’lar o‘chirib-yoqilganidan so‘ng faollashmay qolmoqda. Shuningdek, ko‘p hollarda Wi-Fi bilan bog‘liq nosozliklar ham kelib chiqayotir.

Apple 10 dyuymlik arzon iPad va yangi iPad mini tayyorlayapti

Ushbu aypad shu dekabrning oxirigacha ommaviy ishlab chiqarishga joriy etilishi mumkin. Bu esa, Apple uni 2019 yilning fevrali oxirigacha rasman namoyish etadi, deganidir.

iPad Pro 2018 qadog‘idanoq qiyshiq holda chiqsa-da, Apple buni nuqson deb hisoblamayapti!

Apple’ning ta’kidlashicha, bu kabi salgina qiyshayish holatlari planshet ish faoliyatiga aslo salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun iPad Pro 2018 egalari kafolat bo‘yicha ularni qaytarib topshira olmaydilar.

Microsoft o‘zining Surface Go plansheti reklamasida Apple iPad’ni masxara qildi! (+video)

Qizig‘i shundaki, u shunchaki Apple planshetiga shama qilib ham qo‘ymasdan, iPad nomini aniq aytgan. To‘g‘ri, avvallari Huawei va Samsung ham kupertinolik raqib ustidan kulishgan, ammo bu darajada emas...

Navbatdagi iPhone va iPad’lar muhim texnologiyani Galaxy S10’dan o‘zlashtiradi

Kupertinolik korporatsiyaning keyingi avlod smartfonlari hali 2019 yilning kuzida taqdim etiladi. Ammo hozirdanoq ularning ayrim xususiyatlari haqida ma’lumotlar tarqala boshladi.

Apple allaqachon arzonlashtirilgan iPad 2018’larni sota boshladi!

Qayta tiklangan iPad Pro 2018 barcha modifikatsiyalarda va barcha ranglarda rasman sotuvga qo‘yilgan. Zavodda ta’mirlangan ushbu aypadlar yangilariga nisbatan 14–15 foizga arzonlashtirilgan.

Telegram’ning yangilangan iOS-ilovasida qanday afzalliklar bor?

Telegram messenjerining Apple mobil qurilmalariga mo‘ljallab chiqarilgan kliyenti yangilandi. Uning ayni damdagi – 5.0.16 (606) talqinida bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etilgan.

Apple yana uchta modeldagi ayfonini ataylab sekinlashtira boshladi

Apple kuni kecha taqdim etilgan iOS 12.1 operatsion tizimi bilan bulturgi iPhone 8, iPhone 8 Plus hamda iPhone X smartfonlarning ham ishlashini sekinlashtira boshlagan.

Eng qudratli yangi protsessor Geekbench’da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Apple’ning ta’kidlashicha, A12X Bionic sharofati bilan yangi avlod planshetlari avvalgi iPad Pro’ga nisbatan yakka yadroli ish rejimida 35, ko‘p yadroli rejimda esa 90 foizga tezkor ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш