Eng qudratli yangi protsessor Geekbench’da o‘z kuchini ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1030
  •  01.11.2018 17:17

Eng qudratli yangi protsessor Geekbench’da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Kupertinolik gigantning iPhone XR, iPhone XS va iPhone XS Max smartfonlarida qo‘llangan Apple A12 protsessori ayni damgacha rasman bozorga chiqqan mobil chipsetlar ichida eng kuchlisidir. To‘g‘ri, Huawei o‘zining Kirin 980 chipi undan kuchli, deya maqtangandi, ammo amalda...

O‘QING: Eng kuchli protsessorli eng ilg‘or Android-smartfon ham tezkorlikda iPhone XS’ga bas kelolmadi!

Endi esa undan ham baquvvat protsessorga ega qurilmalar Geekbench servisida sinab ko‘rilgani ma’lum bo‘ldi. U ham begona emas – kuni kecha rasman taqdim etilgan iPad Pro 11 hamda iPad Pro 12.9 planshetlaridir. Ularda qo‘llangan Apple A12X Bionic chipi esa yangi ayfonlardagi A12 protsessorining yanada takomillashgan versiyasi hisoblanadi.

Mana, 4 GB tezkor xotirali, iOS 12.1 tizimli yangi iPad Pro benchmarkda ko‘rsatgan natijalar:

O‘QING: 5G-smartfon va noutbuklarga mo‘ljallangan Snapdragon 850 ilk bor benchmarkda sinab ko‘rildi

Bunisi esa – iOS 12.1 tizimida ishlovchi, «operativka»si 6 gigabayt bo‘lgan yangi Apple plansheti namoyon etgan natija:

Apple A12X Bionic sakkiz yadroli bo‘lib, uning jamlanmasida yana yetti yadroli grafik chip ham mavjud. Apple’ning ta’kidlashicha, uning sharofati bilan yangi avlod planshetlari avvalgi iPad Pro’ga nisbatan yakka yadroli ish rejimida 35, ko‘p yadroli rejimda esa 90 foizga tezkor ishlaydi.

Aytish kerakki, kuni kecha uncha tanilmagan bir xitoylik kompaniya kutilmaganda dunyodagi birinchi buklama 5G-smartfonni taqdim etgan. U yana bir jihatdan birinchi bo‘ldi – u Qualcomm hatto rasman e’lon qilib ulgurmagan Snapdragon 8150 protsessori bazasida ishlaydi! Demak, ushbu yangi qurilma hali samaradorlikda Apple’ning barcha gadjetlaridan o‘zib ketishi ehtimoli ham yo‘q emas...

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!