Apple smartfonlar bozorida rekord darajada daromad ko‘rdi

Apple smartfonlar bozorida rekord darajada daromad ko‘rdi

Apple kompaniyasi 2015 yilda smartfonlar savdosida rekord darajada daromad ko‘rdi, deya xabar bermoqda Fortune nashri Canaccord Genuity tadqiqot agentligi ma’lumotlariga tayangan holda. Tahlilchilarning tasdiqlashlaricha, iPhone`lar ishlab chiqaruvchisi mablag‘ jihatdan jahonning barcha kompaniyalarini ortda qoldirgan.

Ayni paytda Apple bozordagi ulushiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egallab turibdi: 17,2 foiz (Samsung 23,9 foiz). Biroq smartfonlar bozori ishlab berayotgan daromadning qariyb barchasi Kupertinoga qarab oqmoqda.

Apple 2015 yilda bozorning mazkur qismida topilgan daromadning har bir dollaridan 91 sentga ega chiqqan. Samsung esa, hisobotga ko‘ra, har bir dollardan 14 sentinigina o‘ziniki kilgan.

Ekspertlarning tasdiqlashlaricha, 2016 yil so‘ngiga borib Apple`ning smartfonlar bozoridan olayotgan daromadi yanada ortishi mumkin. Jumladan, bunga 15 martda namoyish etilib, 18 martdan savdoga chiqariladigan iPhone 5se smartfoni katta turtki berishi kutilmoqda. Shuningdek, sentyabr oyida taqdim etiladigan iPhone 7 ham daromad miqdorining ortishiga xizmat qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.