Bank talks va «Startap-tashabbuslar»: Toshkent shahrida «BankExpo-2019» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

  •   DiMaX
  •  649
  •  20.03.2019 17:37

Bank talks va «Startap-tashabbuslar»: Toshkent shahrida «BankExpo-2019» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 11-13 aprel kunlari poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida «BankExpo-2019» moliya-bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalarining Milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu xususda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda startaplar sotiladigan bozor yaratilmoqda!

Ko‘rgazmada respublikamizda faoliyat yuritayotgan yetakchi tijorat va davlat banklari, sug‘urta, lizing, investitsiya va IT-kompaniyalar ishtirok etadi.

Har yili o‘tkaziladigan keng ko‘lamli «BankExpo-2019» ko‘rgazmasi joriy yilning 11-13 aprel kunlari poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi. BankExpo – bu bank sektori, uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchilari, moliyaviy institutlar va davlat o‘rtasidagi muloqot platformasidir. Ko‘rgazma tashkilotchilari – O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi.

– «BankExpo-2019» ko‘rgazmasi OAV vakillari uchun rasmiy matbuot anjumanidan boshlanadi. Shuningdek, ko‘rgazma tashkilotchilari, iqtisodiyot va moliya sohalari mutaxassislar hamda davlat muassasalarining boshqa vakillari ishtirokidagi panelli muhokamalar ham bo‘lib o‘tishi kutilmokda, – deydi O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi raisi Baxtiyor Hamidov. – «BankExpo-2019» ko‘rgazmasi bank-moliya sohasi va ishbilarmonlik sektori vakillarining samarali hamkorlik qilishlari uchun xizmat qiladi. Ko‘rgazma doirasida mahalliy va xorijiy hamkasblar orasida tajriba almashish imkonini yaratib beradi va qator samarali yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Ushbu yechimlar, o‘z navbatida, xarajatlarni qisqartirish va biznes samaradorligini oshirish, chet el investitsiyalarini jalb etish uchun sharoitlar yaratish, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashishi shubhasiz. Xorijiy kompaniyalar ishtiroki orqali mahalliy ishbilarmonlar hamjamiyati bank-moliya sektorida keyslarning ilg‘or tajribasi va amaliy yechimlari, xizmatlarni avtomatlashtirish vositalari va zamonaviy bank uskunalari bilan tanishadilar.

Tadbirlar doirasiga ko‘rgazma eksponentlaridan tashqari bank-moliya sektori mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish maydonchasi bo‘lmish «Bank Talks» muhokamalari, shuningdek, investitsiyalarni jalb etish yoki biznes hamkorlikni rivojlantirish uchun xususiy loyihalar taqdimotini o‘z ichiga olgan «Startap-tashabbuslar» ham kiradi.

«BankExpo-2019» milliy ko‘rgazmasi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni www.uzbankexpo.uz rasmiy saytidan olish mumkin.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!