Faqat «Tesla»mi? «Kalashnikov» ham superkar chiqarmoqchi

  •   Saroy
  •  1363
  •  24.08.2018 10:39

Faqat «Tesla»mi? «Kalashnikov»  ham superkar chiqarmoqchi

Rossiyaning «Kalashnikov» konserni elektr tokida harakatlanadigan superkar ustida ish olib bormoqda. Konsern vakillarining ta’kidlashicha, «Kalashnikov» kelgusida ushbu sohada dunyoning eng ilg‘or kompaniyalari, jumladan “Tesla” ga raqobatchi bo‘la olishi kerak. 

RIA Novosti axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda konsern vakili shunday deydi: «Biz o‘zimizning elektrosuperkar konsepsiyamizni yaratamiz, uning asosi uchun konsern muhandislari tomonidan  bir qator o‘ziga xos tizim ishlab chiqilgan. Ushbu texnologiya elektrokar ishlab chiqarayotgan ilg‘or kompaniyalar, jumladan “Tesla" bilan bir safda turishimizga imkon beradi. O‘z konsepsiyamizni yaratishda biz dunyo bozorida liderlik qilayotgan ishlab chiqaruvchilarning tajribasidan ilhomlandik».

O‘QING:General Motors 2023 yilgacha 20 xil yangi elektromobil ishlab chiqaradi

«Kalashnikov media» saytida aniqlik kiritilishicha, hozirda superkar CV-1 g‘oyasi  IJ-21252 «Kombi» retro avtomobili kuzovida o‘z aksini topgan. Uning eng kam quvvati 220 kVt, yurish masofasi esa bir zaryad bilan  350 kilometrni tashkil etadi.

«Kalashnikov»ning yangi texnologiyasida asosiy ustunliklardan biri, quvvatlanish elementini modulli boshqarish tizimidir. U tok kuchini 2000A (kelgusida 3000A) gacha yetkaza oladi.

Elektrokar batareyasining sig‘imi 90 kVt/soat, bo‘lib og‘irligi 50 kilogramm va u quvvatni 1.2 mVt ga chiqarishga imkon beradi, deyiladi mazkur materialda.  

O‘QING:Samsung elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaradi