Galaxy A70 taqdim etildi: Snapdragon 670 va ikkita 32 MPlik kamera; 4500 mA/soatlik akkumulyatori esa Galaxy S10’dan tez quvvatlanadi!

  •   DiMaX
  •  6218
  •  26.03.2019 17:24

Galaxy A70 taqdim etildi: Snapdragon 670 va ikkita 32 MPlik kamera; 4500 mA/soatlik akkumulyatori esa Galaxy S10’dan tez quvvatlanadi!

Kuni kecha TENAA regulyatori Galaxy A60 hamda Galaxy A70 modellarining «jonli» rasmlarini va ayrim xususiyatlarini oshkor qilgan edi. Endi esa Samsung ularning kattasini taqdim etdi va u ko‘p jihatdan hayratlarga sazovor!

O‘QING: «Jonli» foto: Galaxy A90 smartfoni Samsung’ning eng romsiz displeyiga ega!

Samsung Galaxy A70 modeli Super AMOLED matritsali, diagonaliga 6,7 dyuymlik ekranga ega va uning tasvir aniqligi Full HD+ formatida (2400x1800 piksellik). Kompaniyaning ta’kidlashicha, bunday ensiz uzun displey video tomosha qilish uchun eng maqbul formatdir. Barmoq izi skaneri ham ekranning o‘ziga joylangan.

Infinity-U displeyning tomchisimon «kemtigi»da 32 megapiksellik (diafragmasi – F/2,0) old kamera joylashgan.

Smartfonning bosh kamerasi uch modulli bo‘lib, ularning asosiy sensori ham 32 megapiksellik aniqlikda (diafragmasi – F/1,7). Ikkinchi modul esa 8 MPlik datchik hamda F/2,2 diafragmali keng burchakli ob’yektivga ega. 5 megapiksellik uchinchi modul esa sahnalarning chuqurligini tahlil etish uchun qo‘llanadi.

O‘QING: Galaxy S10 5G superflagmani kutilganidan ancha erta sotuvga chiqyapti – narx va jihatlari bilan tanishing!

Galaxy A70 apparat ta’minoti asosini Qualcomm Snapdragon 670 protsessori hamda 6-8 GBlik tezkor xotira tashkil etadi. Qurilmaning doimiy xotirasi 128 gigabaytlik bo‘lib, yana microSD formatli karta ham joylash mumkin.

Smartfon akkumulyatori ham xaridorlarga ma’qul keladi – 4500 mA/soatlik, lekin bu ham eng muhimi emas. Galaxy A70 modeli naq 25 vattlik quvvatlash blogidan tezkor zaryadlana oladi – bunaqasi hatto Galaxy S10 flagmanida ham yo‘q! Shunday tezkor quvvatlanish bu smartfondan tashqari faqatgina Galaxy S10+ 5G bo‘lishi ma’lum.

Galaxy A70 eng yangi – Android 9.0 Pie operatsion tizim talqiniga ega, u One UI interfeysi ostida faoliyat ko‘rsatadi. Afsuski, mazkur modelning narxi ham, sotuvga chiqish vaqti ham hozircha aytilmagan. Bularning barchasi 10 apreldagi marosimda ma’lum etilishi kutilmoqda, Samsung unda mazkur turkum flagmani – Galaxy A90 smartfonini taqdim etadi.

Jahon bozoriga chiqarilgan aksariyat Samsung smartfonlarini, jumladan, Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ flagmanlarini esa allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!