Gibrid HP Spectre x360 noyabr oyida sotuvga chiqariladi

Gibrid HP Spectre x360 noyabr oyida sotuvga chiqariladi

Bundan bir hafta avvalroq global taqdimoti o‘tkazilgan HP Spectre x360 gibrid noutbukining sotuvlari noyabr oyida boshlanishi ma’lum qilindi. Qurilmadan ham noutbuk, ham planshet o‘rnida foydalanish mumkin.

Gibrid 13 dyuymli Full HD ekranga ega. Ekranni barmoq bilan boshqarish mumkin. Qurilma ixcham korpus va zamonaviy dizaynda ishlangan. Qalinligi bor-yo‘g‘i 13,8 mm, og‘irligi esa 1,3 kilogramm. Avtonom ishlash vaqti 15 soatni tashkil etadi.

HP Spectre x360 yettinchi avloddagi Intel Core i5 va Core i7 protsessorlarida (Kaby Lake texnologiyasida) ishlaydi. Gadjetga 16 GBgacha bo‘lgan tezkor xotira va 1 TBgacha SSD o‘rnatsa bo‘ladi. Ikkita USB Type-C/Thunderbolt 3 portlari, bitta USB 3.0 sloti ko‘zda tutilgan. Noutbuk Windows 10 platformasida ishlaydi.

Model noyabr oyida $1049 narxida sotuvga chiqadi.