Keys-musobaqada Inha universiteti talabalari birinchi o‘rinda!

  •   DiMaX
  •  737
  •  07.05.2019 10:44

Keys-musobaqada Inha universiteti talabalari birinchi o‘rinda!

4 may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida yilning eng yirik talabalar tadbiri, Job Fest (bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi) doirasida o‘tkazilgan «Uzbekistan Sontest Spring‘19» keys-chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda "aqlli universitet" paydo bo‘ladi!

Keys-chempionatlar talabalarga aniq muammolarni hal qilishda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar berishga yordam beradi, shuningdek, iqtidorli yoshlarni topishda yordam beradi. O‘z navbatida, keys-chempionati va karera ko‘rgazmasining birlashuvi natijasida talabalar ish beruvchilar oldida o‘zlarini ko‘rsatishlari va o‘zlariga mos va qiziq ish takliflarini qabul qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, keng miqyosda Job Fest mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda O‘zbekistonning xalqaro va mahalliy kompaniyalari vakillari: Sosa-Sola, KPMG, Beyeline, UMS, UzAuto, TBS, Korzinka, Golden House, Makro va boshqa kompaniyalar ishtirok etdilar.

Keys-chempionatda 40 dan ortiq universitetning talabalari ishtirok etdilar. Final bosqichiga yo‘l olgan guruhlar:

- Toshkentdagi Inha universiteti (2 jamoa);

- I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti;

- Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti;

- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;

- Toshkent Davlat sharqshunoslik institutidan edi.

Barcha talabalar eng yaxshi kompaniyaning vakillari bilan uchrashish, suhbatlashish va rezyumelarni taqdim etish hamda amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar. Keys-chempionatning final bosqichida Toshkent shahridagi Inha universitetining talabalari g‘alabani qo‘lga kiritishdi va tashkilotchilar va homiylar tomonidan kompaniyadagi amaliyotlar, o‘quv kurslari va dasturlarga kirish va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O‘QING: Toshkentda robototexnika bo‘yicha tadbir: g‘oliblar taqdirlandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!