Kompyuter tilni odamdan ko‘ra yaxshiroq anglay boshladi!

  •   DiMaX
  •  654
  •  28.12.2019 15:51

Kompyuter tilni odamdan ko‘ra yaxshiroq anglay boshladi!

Xitoydagi Baidu kompaniyasining ERNIE nomli «sun’iy ong»i misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishmoqda. MIT Technology Review nashrining yozishicha, u tilni o‘rtacha odamdan ko‘ra yaxshiroq tushuna boshlagan.

O‘QING: CES 2020 tadbirida Samsung «sun’iy odam» taqdim etadi! (+rasmiy video)

Xabarga ko‘ra, tilni anglash bo‘yicha o‘tkazilgan chempionatda ERNIE birinchi o‘rinni egallagan. Ushbu test mobaynida o‘rtacha inson 100 balldan 87 ball olgan bo‘lsa, Baidu mahsuloti 90 ball bilan g‘oliblikka erishgan.

Aytish kerakki, bu chempionatda faqat ingliz tilini bilish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgan. Ammo aniqlanishicha, kompyuter hatto xitoy tilini ham o‘rtacha odamdan ko‘ra yaxshiroq bilar ekan.

ERNIE aynan mana shu chempionatda qatnashish uchun yaratilgan. Uning bosh maqsadi – Baidu’ga tegishli qidiruv tizimining natijalarini takomillashtirish, shuningdek, Syao Du ovozli yordamchisining javoblari aniqligini yaxshilash bo‘lgan.

O‘QING: Talabalarimiz inson his-tuyg‘ularini ochuvchi dastur yaratdilar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!