Meizu 16s Pro old panelini tomosha qilamiz

Meizu 16s Pro old panelini tomosha qilamiz

Slashleaks resursi Meizu 16s Pro’ning old himoya panelini ko‘rsatdi. Suratda model yon taraflari ancha ingichka bo‘lgan hoshiyalarga ega bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Shuningdek, yuqori va pastdagi romlar ozgina uzaygan.

Yuqori ramkaning kengaytirilgani evaziga ishlab chiqaruvchi old kamera, datchiklar va so‘zlashuv dinamigini joylashtirish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Meizu 16s Pro Snapdragon 855 Plus protsessori va 48 MPlik asosiy kameraga ega bo‘ladi. Smartfon samaradorlik bo‘yicha hatto Samsung Galaxy Note 10+ va Black Shark 2 Pro'ni ham ortda qoldirgan. Uni allaqachon AnTuTu benchmarkida imtihon topshirib, 464 411 ball olishga erishgan.

Black Shark 2 Pro ushbu testda 456 571 ball, Galaxy Note10+ esa 464 411 ball to‘plashgandi. Meizu 16s Pro taqdimoti 28 avgustda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

O‘QING: Endi Allamjonovning ham telegram kanali bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!