Mercedes-Benz eCitaro elektroavtobusi namoyish qilindi
Daimler Buses kompaniyasi mashhur Mercedes-Benz Citaro avtobusining to‘liq elektrlashtirilgan variantini namoyish qildi.
O‘QING:Apple elektrokar yaratish loyihasini chetga surdi
Shahar avtobusi Mercedes-Benz eCitaro quvvati 335 ot kuchiga ega dvigatel bilan ta’minlandi. Aylantirish soniyasi — 970 Nm. O‘ntagacha litiy-ion batareyasi bor. Ular mashinaning orqa qismi va tomiga o‘rnatilgan. Komplektatsiyasidan kelib chiqib, avtobus oltita, sakkizta yoki o‘nta akkumulyator bilan jihozlanadi. Ularning jami kuchi 243 kVtch’ ni tashkil etadi. Alohida-alohida har bir blok 25 kilovatt-soat sig‘imiga ega. Eng og‘ir Mercedes-Benz eCitaro (barcha moduli bilan) 13,5 tonnadan iborat.
O‘QING:Haftasiga besh mingta: Tesla ushbu ko‘rsatkichni yana qancha ushlab tura oladi?
Yangi shahar elektr avtobus bilan sentyabr oyida bo‘lishi mo‘ljallanayotgan IAA Commercial Vehicles ko‘rgazmasida batafsil tanishish mumkin. O‘shanda yangi mashinaning narxi haqida ham ma’lum qilinsa kerak. Avtobusni ishlab chiqarish 2018 yilning oxirgi oylarida boshlanadi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Gamburg hokimiyati Mercedes-Benz eCitaro’dan allaqachon 20 dona buyurtma qilib qo‘yibdi.
O‘QING:Chrysler Portal – yo‘lovchilar yuzi va ovozini taniydigan elektromobil