Microsoft «aqlli» selfi-oyna namoyish qildi
Microsoft va H&M do‘konlar tarmog‘i yaqinda hamkorlikda amalga oshirgan ishlanmasini namoyish qildi. U foydalanuvchining garderob tanlashiga, dukon ichida selfi qilishga yordam beradigan va mijozga qanday qilib foydali xarid qilishni o‘rgatadigan interaktiv oyna bo‘lib chiqdi.
Noodatiy gadjet suhbatni va yuzni taniydigan algoritm bilan dasturlangan, u Microsoft Azure buluti kuchi bilan ishlaydi. Hozirda «mu’jiza oynani» H&M’ning Nyu-Yorkdagi Tayms Skverda joylashgan flagman dukonida ikkinchi qavatda topishingiz mumkin.
O‘QING:Microsoft’dan mish-mishlar: Xbox konsolining bir yo‘la ikki versiyasi tayyorlanmoqda
Avval boshda oyna foydalanuvchini kamera orqali ko‘radi va u bilan salomlashadi. Gadjetdan selfi qilishni ham so‘rasa bo‘ladi, yoki undan qanday urfda kiyinish ma’qul ekanini so‘rashingiz ham mumkin. Fotografiya filtr yordamida qayta ishlanadi, natijada mijoz xuddi jurnal muqovasida tasvirlangandek bo‘lib qoladi. Eng yaxshi foto aniqlangach, suratni QR-kod yordamida ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilishingiz mumkin.
Agar «aqlli» oynadan qanaqa kiyinsam menga yarashadi, deb so‘rasangiz, oyna sizga eng yarashadigan kiyimni tanlashga harakat qiladi hamda narxni tushirish yo‘llarini ham o‘rgatadi. Gadjet mualliflarining fikricha, «aqlli» oyna ovozli assistentni qo‘llashning yangi yo‘nalishini ochib beradi hamda reteylerlarni mijozlar bilan aloqa qilishda turlicha va zamonaviy usullarni qo‘llash imkonini beradi.
O‘QING:Microsoft Andromeda taxlama plansheti endi chiqmaydimi?