Nokia 2.2: sun’iy intellektli toza androidga ega 100 dollardan ham arzon smartfon!

Nokia 2.2: sun’iy intellektli toza androidga ega 100 dollardan ham arzon smartfon!

Nokia brendi o‘zining yangi hamyonbop smartfonini taqdim etdi. Nokia 2.2 nomini olgan ushbu qurilma sun’iy ong texnologiyasiga, ovozli yordamchini chaqirish uchun maxsus tugmachaga va tomchisimon kemtikli ekranga ega bo‘lgan. Shuningdek, bu Android One dasturiga kiritilgan 2-seriyaning ilk modeli bo‘lgan, ya’ni unga xavfsizlik va tizim yangilanishlari bir maromda kelib turishi kafolatlangan.

Nokia 2.2 shu narx segmentidagi sun’iy ong texnologiyasi qo‘llangan ilk smartfonlardan biri bo‘lgan. Yuzni skanerlash vaqtida tezkor va xavfsiz blokdan chiqarish uchun apparatli o‘rganish texnologiyasi ishga tushadi. Maxsus SO-algoritmlari yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitda ham sifatli suratlar olish imkonini beradi. 13 megapiksellik kamera bira to‘la bir nechta suratga olib, so‘ng ularni yuqori aniqlikdagi va minimal xiralikdagi bitta rasmga birlashtiradi.

Nokia 2.2

Ixcham korpusda joylashgan yangi smartfon ancha ingichka romlardan tashkil topgan. Qurilma HD+ aniqlikdagi yorug‘ligi 400 nit bo‘lgan 5,71 dyumli displeyga ega bo‘lgan. Samaradorlik uchun MediaTek A22 protsessori javob beradi. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soatni tashkil qiladi.

Nokia 2.2

«Google Assistent» uchun alohida tugmacha ko‘zda tutilgan. Unga bosgan holda ovozli buyruqlar orqali bir zumda internetdan ma’lumot izlash, marshrutni yaratish, qo‘ng‘iroq qilish, eslatma yozish va boshqa ko‘plab ishlarni bajarish mumkin.

Yangi smartfon qadoqdayoq Android 9 Pie dasturiy ta’minotiga ega bo‘ladi. Aytib o‘tilganidek, qurilma Android One dasturiga kiritilgan va ikki yil davomida dasturiy tizim apdeytlariga, uch yil davomida esa xavfsizlik tizimi yangilanishlariga ega bo‘lib turishi aniq. Ishlab chiqaruvchi allaqachon ushbu smartfon Android Q’gacha yangilanishga tayyor ekanligini e’lon qilgan. 

Korpus ikki xil ko‘rinishda – po‘lat va tim qora bo‘lib, uni boshqa rangli Xpress-on paneliga o‘zgartirish mumkin. Nokia 2.2 narx borasida ham xursand qiladi - ajoyib smartfon uchun ishlab chiqaruvchi atigi 95 dollar so‘ramoqda.

O‘QING: Nokia’ning yangi smartfoni FCC’da «qo‘lga tushdi»: sig‘imdor akkumulyator va «toza» Android!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!