Nokia arzon narxli afsonaviy «raskladushka»sini yangi qiyofada chiqardi! (+video)

  •   DiMaX
  •  10884
  •  20.11.2019 14:02

Nokia arzon narxli afsonaviy «raskladushka»sini yangi qiyofada chiqardi! (+video)

HMD Global kompaniyasi Nokia brendini «qayta tiriltirib», bir qator smartfonlar va tugmachali telefonlar ham taqdim etdi. Joriy yilning sentyabrida Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan IFA 2019 ko‘rgazmasida u ilk bor qatnashgan edi.

O‘QING: IFA2019 ko‘rgazmasida Nokia naq oltita modelini namoyish qiladi!

Afsonaviy telefonsoz ushbu tadbirda taqdim etilgan modellardan biri Nokia 2720 Flip rusumli «raskladushka» bo‘lib, 4G LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi hamda «aqlli» ovozli yordamchisi bilan ko‘pchilikka ma’qul kelgan.

Nokia 2720 Flip tugmachali smartfonining tashqi tomonida o‘lchami 1,3 dyuymlik, tasvir aniqligi 240 x 240 piksellik ekran mavjud. Ichki tarafida bo‘lsa diagonaliga 2,8 dyuymlik QVGA-displey ham bor. gadjetning tezkor va doimiy xotira hajmlari tegishlicha 512 megabayt hamda 4 gigabaytga teng. Snapdragon 205 protsessori bazasida ishlovchi bu telefon 2 megapiksellik old kamera bilan jihozlangan.

Telefonning 1500 mA/soatlik akkumulyatori so‘zlashuv rejimida 6,6 soatga, kutish rejimida esa naq 28 kungacha yetadi. KaiOS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi bu devaysga qadoqdanoq WhatsApp hamda Facebook ilovalari ham o‘rnatilgan.

O‘QING: Nokia birdaniga ikkita tugmachali telefon namoyish qildi (+videolar)

Nokia 2720 Flip xaridorlarga dastlab qora va kul rang korpusli variantlarda taklif etilayotgan edi. Endi esa HMD Global uning o‘zgacha – qizil korpusli ko‘rinishda ham chiqardi.

Nokia 2720 Flip hozirda ayrim mamlakatlarda 89 yevro narxida sotilmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa mazkur brendning turli rusumlardagi tugmachali telefonlarini atigi 340 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Nokia 8.2 – qadrdon brendning ilk 5G-smartfoni: narxi va xususiyatlari bilan tanishing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!