Paint 3D dasturining mobil versiyasi tayyorlanmoqda

Paint 3D dasturining mobil versiyasi tayyorlanmoqda

Avvalroq AQShning Microsoft kompaniyasi barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Paint dasturini qayta dizaynlayotgani to‘g‘risida xabar bergan edik. Bundan bir necha kun avval esa Redmond firmasi boshqa qurilmalar qatorida mazkur dasturning 3D funksiya bilan boyitilgan va yirik o‘zgarishlar qo‘llangan versiyasini namoyish etgan edi.

Microsoft rasmiylaridan bo‘lgan Dona Sarkarning ma’lum qilishicha, Paint 3D dasturining Windows 10 platformasiga mo‘ljallangan versiyasi tez orada paydo bo‘ladi. Garchi rasmiy vakil ushbu dasturning Windows 10 Mobile (telefon va planshetlar uchun) ilovasi haqida hech narsa demagan bo‘lsa-da, internet tarmog‘ida tarqalgan ma’lumotlarga qaraganda Paint 3D dasturining Windows 10 Mobile platformasida ishlaydigan ilovasi ham Windows Creators Update orqali chiqarilishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!