Prezident maktablarining rasmiy veb-sayti ishga tushdi
Ko‘pchilik qiziqish bildirayotgan Prezident maktablarining rasmiy veb-sayti — pm.xtv.uz ishga tushdi. Ushbu veb-sayt orqali Prezident maktablari faoliyati va boshqa qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin, deb yozadi O‘zA.
O‘QING: Endi farzandingizning baholarini onlayn kuzatib bora olasiz!
Saytda Prezident maktablarining Call center (ishonch telefoni), qabul jarayoni haqidagi va boshqa ma’lumotlar ham o‘rin olgan.
Xususan:
- maktab haqida;
- STEAM ta’lim haqida;
- qo‘shimcha imkoniyatlar;
- onlayn qabul;
- topshiriladigan hujjatlar;
- bo‘sh ish o‘rinlari;
- xalq ta’limiga oid yangiliklar;
- va boshqalar.
Shuningdek, Prezident maktablarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ham yangiliklarni muntazam kuzatib borishingiz mumkin:
Telegram: https://t.me/prezident_maktablar
Facebook: https://facebook.com/prezident.maktablar
Instagram: https://instagram.com/prezident_maktablar
Ta’kidlash kerakki, Prezident maktablarining rasmiy veb-sayti ayni damda betaa-talqinda faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘QING: Eng yaxshi bitiruvchilar TATUga imtihonsiz qabul qilinadi!