Siz qiziqqan smartfonga MIUI 11 keldi

Siz qiziqqan smartfonga MIUI 11 keldi

Bir necha oy ilgari Xiaomi'ning MIUI 10 interfeysida ishlovchi Redmi K20 smartfoni taqdim qilingan edi. Endi esa qurilma MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tdi. MIUI 11'da foydalanuvchi interfeysining qator jihatlari yangilangan, lekin bu proshivka baribir Android 9 asosida ishlaydi.

Yangilanish hajmi 766MB bo‘lib, devaysning xavfsizlik darajasini sentyabr oyigacha ko‘taradi. UI bir qadar soddalashtirilgan va Doim yoniq ekran funksiyasi takomillashtirilgan.

Yangi interfeys sizning smartfoningizga kelishigacha yana bir necha kun kutishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bundan tashqari, tizim yangilanishi qurilmaning global talqini bo‘lgan Mi 9T'ga ham yaqin kunlarda kelishi kerak.

Redmi K20'ga kelgan MIUI 11 bilan quyidagi o‘zgarishlar bo‘ladi:

To‘la ekranli qurilmalar uchun optimallashtirilgan dizayn

•Ortiqcha vizual elementlardan voz kechish, sensor boshqaruvini yaxshilash va ranglar qo‘llanilishini o‘zgartirish bilan foydalanuvchi va kontent orasida hech qanday to‘siq bo‘lmagan tizim yaratishga erishdik.

Doim yoniq ekran

•Endilikda doim yoniq ekran funksiyasida nafis dinamik mavzular mavjud. Muhim ma’lumotlar ekraningizda 24/7 ko‘rinib turadi.

•Qurilmangizni unikal imzo bilan o‘zingizga moslashtiring.

•Maxsus effektlar bilan ekranning jonli bo‘lishiga erishing.

Tabiat tovushlari

•Budilnikning yangicha ringtonlari bilan tabiatning mayin tovushiga uyg‘oning.

•Bildirishnomalar tovushlari sizni charchatmaydi. Endilikda ular o‘zgarib turadi, xuddi tabiat tovushlari kabi.

Mi Share

•Fayllarni qurilmadan-qurilmaga o‘ta katta tezlikda o‘tkazing.

Hujjatlar

•Hujjatlaringiz yuzini ularni ochishdan oldin ko‘ring.

•Butunlay yangicha Mi Doc Viewer bilan samaradorlikka erishing.

Chop etish

•Foto va fayllarni qo‘shimcha ilovalarni yuklamasdan telefoningiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chop eting.

Qo‘shimcha funksiyalar

•Vazifalar. Vazifalaringizni Qaydlar ilovasidan tahrirlang va boshqaring.

•Vaqtli bildirishnomalar qabul qiling va bajarilgan vazifalarni belgilab qo‘ying.

•Tezkor javoblar. Qaysi ilovada bo‘lsangiz ham, xabarlarga javob qaytaring.

•Game Turbo. Qurilmangizni haqiqiy o‘yin konsoliga aylantiring.

Tizim

•Yangilik: Ekran tasvirlarini tahrirlash, ulashish va o‘zingizga moslashtirish endi yanada oson.

•Optimallashtirildi: Halal berilmasin rejimidan ortiqcha bildirishnomalarni olib tashladik.

•Optimallashtirildi: Qulf ekrani cho‘ntak rejimi.

•Qurilmaning xavfsizlik darajasi 2019-yil sentyabr oyigacha ko‘tarildi. Tizim xavfsizligi oshirildi.

Qulf ekrani, holat paneli, bildirishnomalar oynasi

•Yangilik: Doim yoniq ekranda soat formatlari ko‘paytirildi.

•Yangilik: Qurilmani yuz biometrik ma’lumotlari bilan blokdan chiqarib Qulf ekranda qolgan bo‘lsangiz, Bosh ekranni ochish uchun barmoq izidan foydalaning.

•Optimallashtirildi: ekranosti barmoq izi skanerining ishlashi.

•To‘g‘irlandi: Qulf ekranda barmoq izi ikonkasi har doim ham ko‘rinmas edi.

•To‘g‘irlandi: Qulf ekran ochilganda ham ba’zan barmoq izi ikonkasi o‘chmas edi.

Ilovalar

•Yangilik: ko‘proq tezkor tugmachalarni ko‘rish uchun pastga svayp qiling.

•Optimallashtirildi: butunlay yangicha dizayn va interfeys.

O‘yin tezlashtirgich

•Yangilik: Davomli svayplar Game Turbo'da qo‘shimcha menyu ochadi.

•Yangilik: Game Turbo'ga o‘tish uchun Bosh ekranda tezkor tugmacha yaratish mumkin.

•Game Turbo faol bo‘lganda auto yorug‘lik, ekran imo-ishoralari, O‘qish rejimi avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yilishi mumkin.

•Game Turbo'da katta yangilik: autopley va mobil internet uchun qaysi SIM kartadan foydalanishni tanlash imkoni yaratildi.

O‘QING: Redmi rahbari: «Bu smartfon bozorda «portlash» qiladi!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!