Rocket League dasturchilari uch yillik o‘yinni alohida nishonlamoqchi

  •   Saroy
  •  707
  •  06.07.2018 11:47

Rocket League dasturchilari uch yillik o‘yinni alohida nishonlamoqchi

Psyonix,  Rocket League dasturchilariga o‘yinning uchunchi tug‘ilgan kunini hamda Supersonic Acrobatic Rocket-Powered Battle-Cars (SARPBC)ning o‘n yilligini nishonlar uchun ruxsat berdi. Shu munosabat bilan studiya sovg‘alar ulashilishi ko‘zda tutilgan tadbir tayyorlashdi, va albatta, yangi pleylist bilan.

Anniversary Event avvalgi o‘yin voqealaridan farq qiladi. Dasturchilar  «Yubiley pleylist» ga Battle-Cars ruhidagi  3 ga 3 Throwback Stadium arenasini ham qo‘shgan. Shu yo‘l bilan dasturchilar o‘yinchilarga Rocket League’ning avvalgi avlodini eslatmoqchi hamda fanatlarning sog‘inch hislarini uyg‘otib yubormoqchi bo‘lishgan.  Shunisi qiziqki, Throwback Stadium «Shaxsiy bellashuv», «Musobaqa» va «Mahalliy bellashuv»lar uchun ochiq bo‘ladi, quyidagi yirik yangilanishlar bilan, albatta.

O‘QING:Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

Psyonix tadbir chog‘ida kastomlash uchun zarur buyumlarni berishga bo‘lgan yondoshuvni biroz o‘zgartirdi. Dasturchilar «Tadbirlar qutisini» ni olib tashlashdi. Shuningdek, o‘yinga  «Oltin tuxum»ni qo‘shishdi. O‘yinchi mana shunday tuxumlarning o‘ntasini yorgandan keyin Champions Series Crates kastomi uchun bitta buyum oladi

O‘QING:Videoo‘yinlarning kutilmagan 5 foydasi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!