Samsung, CES 2020: Kinodagi hayot reallikka aylanmoqda!

Samsung, CES 2020: Kinodagi hayot reallikka aylanmoqda!

CES (ing. Consumer Electronics Show — Maishiy elektronika shousi) 1967-yil iyun oyidan buyon har yili o‘tkazib kelinadi. 

2020 yil 7—10-yanvar kunlari esa AQShning Las Vegas shahrida ko‘rgazmaning ellik uchinchi namoyishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Koreyalik texnogigant Samsung o‘zining C-Lab inkubatsiya dasturi doirasida yaratilgan qator innovatsiyalar bilan bu galgi ko‘rgazmada ham ishtirok etmoqchi.

Kompaniya Las Vegasdagi ko‘rgazmada taqdim qilishni rejalagan texnoyangiliklardan biri SelfieType bo‘lib, ushbu dastur sun’iy ong algoritmlariga asoslanib, smartfonning old kamerasidan foydalangan holda virtual klaviatura yaratadi. Ya’ni foydalanuvchi ekranga qo‘l tekizmagan holda matn terish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqida Android Authority sayti xabar bermoqda.

«SelfieType'dan foydalanish uchun hech qanday texnik ta’minot kerak bo‘lmaydi. Konsepsiya o‘ta moslashuvchan bo‘lib, undan qator qurilmalar, xususan, smartfon, shaxsiy kompyuter va leptoplar bilan foydalanish mumkin bo‘ladi», deyiladi Samsung'ning rasmiy sahifasida.

Bu xuddi kinolardagi havoda muallaq turuvchi virtual ekran va klaviaturalarni yodga soladi. Vaholanki, Samsung taqdim qilgan bu konsepsiya yangi emas. 2015-yilda Lenovo ham xuddi shunga o‘xshash g‘oyani taqdim qilgan edi, o‘shanda u Smart Cast deb nomlangandi.

Samsung yana nimalarni ko‘rsatmoqchi?

Kompaniya CES'da C-Lab'ning yana boshqa loyihalarini ham namoyish qilishni ko‘zlagan. Shulardan biri Hyler aqlli haylayteridir. Moslama qog‘ozga yozilgan va alohida belgilangan matnlarni nusxalab, ularni raqamli formatga o‘tkazadi. Bu xuddi Google Lens'ning ko‘chirish/nusxalash funksiyasi kabi ishlaydi, farqi amal telefon yordamida emas, balki maxsus haylayter yordamida amalga oshiriladi.

Ko‘rgazmada soch va boshning soch qismini parvarish qilishga yordam beruvchi ilova, Becon qurilmasi, sun’iy nur taratuvchi oyna shaklidagi moslama, ultrabinafsha datchigi kabilar ham omma e’tiboriga havola qilinadi.

Yana aytilishicha, CES 2020 bahonasida Galaxy S10 Lite va Galaxy Note 10 Lite'lar taqdimoti ham o‘tkazilishi mumkin. Aftidan, koreyslar yangi yil boshida hamma uchun sovg‘a tayyorlagan!

O‘QING: CES 2020 tadbirida Samsung «sun’iy odam» taqdim etadi! (+rasmiy video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.