Samsung Galaxy Note 10 bilan ilk rasmiy videoda tanishamiz!

Samsung Galaxy Note 10 bilan ilk rasmiy videoda tanishamiz!

Samsung o‘zining yangi Galaxy Note 10/10+ smartfonining ilk rasmiy videosini YouTube video-hostingidagi sahifasiga joyladi. 3 daqiqa 46 soniyali videoda smartfonning asosiy jihatlari sanab o‘tiladi. Ularning ko‘pi mish-mishlarga mos keladi. Quyida mana shu video-rolik va uning matnini birinchilardan bo‘lib o‘zbekchada taqdim etamiz.

"Note har doim telefonidan maksimal darajada foydalanishni xohlaydiganlarga mos smartfon bo‘lib kelgan. Bugun, Note'ni keyingi bosqichga olib chiqmoqdamiz. Galaxy Note 10 va 10+ lar bilan tanishing.
Romlarni qisqartirish uchun zanglamaydigan po‘lat va shisha o‘ta noziklik bilan uyg‘unlashtirilgan. S Pen qo‘lda yozilgan matnni bosma matnga aylantiradi, g‘oyalaringizni Bluetooth orqali bir zumda ulashish imkonini berib, sizning pultingizga aylanadi. Note 10 ichida turganda S Pen doimiy ravishda quvvatlanib boradi. 6 o‘qli giroskopik datchik esa ekranga qo‘l tekizmasdan turib ham smartfonni boshqarish imkonini beradi. Innovatsion ko‘p kamerali tizimimiz esa nafaqat kino olish texnologiyasini mobil qurilmaga ko‘chirdi, balki undan foydalanishni ham o‘ta soddalashtirdi.

Birinchi marta, "Jonli Fokus" videolaringizga maxsus effektlar qo‘shish imkonini beradi. DepthVision kameramiz blurni o‘zgartirish imkonini tadqim qiladi va videolaringiz ham rasmlardek ajoyib chiqadi. Yuqori sifatli vudeoni takrorlanmas qilish uchun, bitta tugmani bosish bilan ortiqcha silknishlarni bartaraf qiluvchi takomillashtirilgan Super Steady ["Супер барқарор"] texnolgiyasini ham yaratdik. Natija qanday? Har doim, super tekis video. S Pen va video tahrirlovchi bilan videolaringizni professional video montajchi darajasida tahrirlay olasiz.

Note 10 o‘zining 1TB gacha kengaytirish mumkin bo‘lgan xotirasi bilan xotira sig‘imini keyingi bosqichga olib chiqdi. Bu leptop darajasidir. Kuchli 7 nm protsessor va 12GB operativ xotira HyperFast 5G chipimiz bilan uyg‘unlik hosil qiladi. Shu uchun har qanday joyda fayllar, jonli o‘yinlar va strim-kontentni ishonib bo‘lmas darajada tez yuklay olasiz.

Eng yangi Akkumulyator intellekti 4300 mA/soat sig‘imli akkumulyator quvvati bir kundan ko‘proqqa yetishini kafolatlaydi. Agar tezkorlik talab qilsangiz, Supertez quvvatlash Sizga bir kunlik quvvatni 30 daqiqada taqdim etadi.

Kompyuterni o‘zingiz bilan olib yurishning nima keragi bor? USB kabeli bilan kompyuteringizga yoki Mac'ingizga ulaning. Samsung DeX Siz uchun xuddi kompyuterdan foydalanayotgandek uyg‘unlik hosil qiladi. Ayni damda, keyingi avlod xavfsizlik tizimimiz sababli shaxsiy ma’lumotlaringiz shaxsiyligicha qoladi. Microsoft bilan hamkorligimiz bois esa yaqinda foydalangan fayllaringiz komyuteringizga sinxronlanadi. Windows bilan bog‘lanish PC va smartfon o‘rtasidagi aloqaning doimiyligini ta’minlaydi. Shu sabab, kompyuteringiz Note 10'ni "taniydi". Bu bilan smartfon kontentiga Ishchi stoli orqali tezkor kirish imkoni yaratiladi.

Butunlay o‘zgartiriligan Android interfeysi esa ekran amaliyotini soddalashtiradi. Bitta ovozli buyruq bilan esa Bixby AI qator vazifalarni Siz uchun bajaradi, sozlamalarni Siz uchun avtomatik o‘zgartiradi.
Note'ning ekrani har doim peshqadam bo‘lgan. Dinamik AMOLED ekran ranglar tasvirlanishiga aks ta’sir qilmagan holda zararli ko‘k rangni 40% ga qisqartiradi. Ko‘zingizga ta’sirini kamaytirish maqsadida organik piksel materiallaridan tayyorlangan ekran, hech qachon tunda uxlay olmay chiqishingizga sabab bo‘lmaydi.

Galaxy Note shunchaki yangi smartfon emas, bu keyingi avlod qudratli Galaxy Note 10 va 10+ dir".

O‘QING: Texnik jihatlari rasman tasdiqlangan Galaxy Note 10, undan foydalanishayotganda “qo‘lga tushdi“!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!