Windows 10 Cloud: bu qanday tizim?

Windows 10 Cloud: bu qanday tizim?

O‘tgan oyning so‘nggi kunlarida internet tarmog‘ida Microsoft`ning yangi loyihalaridan biri – Windows 10 Cloud haqida ba’zi mish-mishlar e’lon qilingan edi. Bundan bir necha kun oldin esa ushbu dastur interfeysi aks etgan ayrim skrinshotlar paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Gagadget nashri. Eng qizig‘i, loyiha nomida aks etganidek, Windows 10 Cloud versiyasi “bulut”da ishlamaydi,  bu shunchaki operatsion tizimning ishchi nomlaridan biri bo‘lsa kerak.

Ayni paytda PK va planshetlar bozoriga shiddat bilan kirib kelayotgan Chrome OS operatsion tizimi tomonidan ko‘rsatilayotgan kuchli raqobat tufayli, Microsoft yangi operatsiont tizimlar yaratish va mavjud dasturlar uchun litsenziya narxini tushirishga majbur bo‘lmoqda. Windows 10 Cloud tizimi ham arzon modellarga mo‘ljallanadi va ulardagi dasturiy xavfsizlikni oshirishga yordam beradi. Yangi tizimni sinash paytida foydalanuvchilar Windows Store`dan ayrim ilovalarni yuklab olishga ham muvaffaq bo‘lganlar. Hozircha Windows 10 Cloud tizimida “Bloknot”, “Paint” singari elementar dasturlar ham mavjud emas. Bu esa hali tizim ishlab chiqish bosqichida ekanligidan dalolat beradi.

Taxminlarga ko‘ra, Windows 10 Cloud 10-12 may kunlari o‘tkaziladigan Misrosoft Build 2017 konyerensiyasida namoyish qilinadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.