Windows 10 operatsion tizimi 29 iyuldan pullik bo‘ladi

Windows 10 operatsion tizimi 29 iyuldan pullik bo‘ladi

Microsoft kompaniyasining ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda Windows 10 operatsion tizimi ostida 300 millionga yaqin qurilma faol ishlab turibdi. “Droider.ru”ning yozishicha, tizim bir yildan kamroq vaqt ichida mazkur natijaga erishishga muvaffaq bo‘ldi.

Aftidan, shu sababli ham Microsoft operatsion tizimni eng so‘nggi versiyaga qadar bepul yangilab olish amaliyotini to‘xtatmoqchi. Xabar berishlaricha, 29 iyuldan boshlab Windows 10 operatsion tizimini rasman, qonuniy yo‘l bilan o‘rnatish 119 dollarga tushadi.

“Agar biror bir sabab bilan hali ham “o‘ninchi versiya”ni yuklab olmagan bo‘lsangiz, shoshiling — 29 iyuldan boshlab operatsion tizim pullik bo‘ladi”, — dedi Microsoft’ning marketing va strategiya bo‘yicha vitse-prezidenti Yusuf Mahdiy.

Qayd etishlaricha, Microsoft keyingi ikki yil ichida Windows 10 foydalanuvchilari bazasini ikki milliard faol qurilmagacha oshirishni rejalashtirmoqda.