11 fevralda chiqayotgan Galaxy Z Flip smartfonini «jonli» rasmda ko‘ramiz

  •   DiMaX
  •  3163
  •  13.01.2020 16:04

11 fevralda chiqayotgan Galaxy Z Flip smartfonini «jonli» rasmda ko‘ramiz

Samsung kompaniyasi shu yilning 11 fevralida Samsung Galaxy Unpacked tadbirini o‘tkazadi. Janubiy koreyaliklar unda Galaxy S20 turkumidagi flagman smartfonlaridan tashqari, yana Galaxy Fold 2 buklamafonini ham ko‘rsatishi kutilmoqda.

O‘QING: 2300 dollarlik smartfonni xitoyliklar 5 daqiqadayoq talashib tugatishdi!

Yetakchi smartfonsozning ilk buklamafoni Galaxy Fold bo‘lsa, ikkinchisi Samsung W20 5G deb nomlangan. Kompaniyaning qayishqoq ekranli uchinchi smartfoni Galaxy Fold 2 deb atalishi kutilayotgandi, ammo keyingi kunlarda internetda uning Galaxy Bloom modeli sifatida taqdim etilishi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Bu xabarlarga esa taniqli insayder Ice Universe chek qo‘ydi: uning yozishicha, Galaxy Bloom – mazkur devaysning shunchaki ishchi nomi ekan. Bozorga esa uni Samsung Galaxy Z Flip nomi ostida chiqarishadi, demoqda insayder. Biroq u ham buklamafon nomi aks etgan posternigina ko‘rsatgan, uning xususiyatlari yoki dizayni haqida hech nima ma’lum qilmagan.

O‘QING: Ilk «jonli» surati Galaxy S20+ 5G’ning antiqa jihatini fosh etdi

Ammo boshqa insayderlar allaqachon Galaxy Z Flip modelining «raskladushka» form-faktoriga ega ekanini ko‘rsatuvchi «jonli» rasmlarini tarqatishgan:

Hozirgacha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ushbu qurilma Qualcomm Snapdragon 855 protsessori (juda qimmat bo‘lib ketmasligi uchun) bilan ta’minlanmoqda. Galaxy Z Flip katta qayishqoq displeydan tashqari, bukilgan holida eng zarur ma’lumotlarni aks ettiruvchi kichkina ekranga ham ega. Samsung uning korpusini ham plastikdan emas, balki himoyalangan shishadan ishlayapti.

O‘QING: Samsung yangi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon taqdim etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!