37 kun avtonom ishlovchi, retro-dizaynli Amazfit Neo smart-soati chiqdi

  •   DiMaX
  •  779
  •  27.08.2020 16:05

37 kun avtonom ishlovchi, retro-dizaynli Amazfit Neo smart-soati chiqdi

Xiaomi’ning turli taqiluvchi gadjetlarini tayyorlab beruvchi hamkori – Huami kompaniyasi o‘zining navbatdagi «aqlli» soatini namoyish etdi. Amazfit Neo nomini olgan mazkur gadjet o‘tgan asrning 80-90-yillaridagi Casio elektron soatlari uslubidagi retro-dizaynga ega.

O‘QING: Dunyodagi eng ommabop smart-soatlar (2020 yilning 1-yarmi)

Huami Amazfit Neo o‘sha davrdagi soatlar kabi oq-qora – monoxrom ekranga ega bo‘lib, displey hamisha yoqiq turadi. Unda bildirishnomalar va kiruvchi qo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlar aks etadi.

Aqlli soatning korpusi 5 atmosfera bosimigacha bo‘lgan darajada suvdan himoyalangan. Yon tomonida boshqarish uchun moddiy tugmachalari mavjud.

Dizayni retro usulida bo‘lsa-da, Amazfit Neo modelining «ichki dunyosi» ancha zamonaviy. Qurilma smartfonga Bluetooth 5.0 interfeysi orqali bog‘lanadi, jismoniy faollikni kuzatib boradi, yurak urishlarining chastotasini o‘lchaydi. Shuningdek, foydalanuvchi uyqusining davomiyligi va sifatini ham monitoring qilib boradi.

O‘QING: Huawei ikkita kamerali va NFC chipli smart-soat taqdim etdi (+video)

Mazkur smartvoch vazni 32 gramm, korpusining o‘lchami esa 40,3x41x11,7 millimetr keladi. Amazfit Neo allaqachon $49.99 narx bilan AliExpress onlayn do‘koniga chiqqan. Lekin turli kuponlar bilan uning narxi $40 gacha tushadi.

Amazfit Neo akkumulyatori 160 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lib, uning quvvati standart rejimda 28 kungacha, «faqat soat» rejimida qo‘llaganda esa 37 kunga yetadi.

O‘QING: Huami Amazfit GTR – naq 74 kungacha quvvatlash talab etilmaydigan smart-soat chiqdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!