6 oyga yetmay 15 millionta sotilgan Redmi Note 7 arzonlashdi, ortidan Redmi Note 8 ham tayyor!

  •   DiMaX
  •  4632
  •  11.07.2019 13:37

6 oyga yetmay 15 millionta sotilgan Redmi Note 7 arzonlashdi, ortidan Redmi Note 8 ham tayyor!

Xiaomi kompaniyasining Redmi Note 7 smartfoni eng ommabop modellardan biri bo‘ldi. Savdoga chiqqanidan keyingi 129 kun ichida 10 millionlik dovonni zabt etgan ushbu qurilma dunyo bo‘yicha antennasi eng zo‘r telefonlar o‘ntaligiga ham kirgan.

O‘QING: TOP-10: Uyali aloqa signalini eng yaxshi tutuvchi smartfonlar (2019 yil iyul)

Xiaomi vitse-prezidenti hamda Redmi brendi rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) kecha ma’lum qilishicha, hali olti oyga ham yetmasdan, 15 million donadan oshiq Redmi Note 7 (xarid qilish) smartfoni sotilgan!

Shu munosabat bilan kompaniya tezkor/ichki xotirasi 6/64 gigabaytlik Redmi Note 7 narxini tushirib, Xitoyda uni 1399 emas, balki 1199 yuandan sota boshladi – bu esa 175 dollarga teng qiymat. Undan tashqari, Redmi Note 7 Pro modelining 6/128 gigabaytligi ham 1599 yuandan 1399 yuangacha – 205 dollargacha arzonlashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, yaqindagina Mi 9 hamda Mi 9 SE flagmanlari narxlari pasaygan, shuningdek, Xiaomi «mobil kinoteatr»i – Mi Max 3 rekord darajada arzonlashgan edi.

O‘QING: Mi 9T hamda Redmi 7A smartfonlari Terashop'ga yetib keldi! Xiaomi'ning barcha smartfonlari arzonlashdi, narxlari bilan tanishing! (2019 yil, 6 iyul)

Bulardan tashqari, insayderlarning xabar berishicha, kompaniya tez orada Redmi Note turkumidagi yangi smartfonning tizerlarini tarqata boshlaydi. Kuzatuvchilarning fikricha, bu Redmi Note 8 modeli bo‘lishi mumkin.

Ushbu yangi smartfon allaqachon tayyor bo‘lgan, faqat Xiaomi uning reklamasiga shoshilmay turibdi. Sababi – 23 iyulda uning asosiy raqobatchisi bo‘lmish Honor 9X modeli taqdim etilishi kerak. O‘shanda jamoatchilikning e’tiborini mazkur raqibdan chalg‘itib, hamyonbop brendning ommabop Redmi Note turkumiga tegishli navbatdagi smartfon bilan maqtana boshlashadi.

Redmi Note 8 modeli sifatida bozorga taqdim etilishi kutilayotgan ushbu qurilmaning ayrim texnik jihatlari ham ma’lum. Avvalo, uni uch modulli bosh kamera bilan jihozlashadi. Qolaversa, ko‘plab arzon modellardan olib tashlangan infraqizil port bu smartfonga joriy etiladi – uni maishiy texnika jihozlarini masofadan boshqarish pulti sifatida qo‘llash mumkin bo‘ladi. Bulardan tashqari, kutilayotgan gadjet stereodinamiklar bilan ham ta’minlanishini aytishayotir.

O‘QING: Nihoyat, uzoq kutilgan Xiaomi CC turkumidagi ilk uchta smartfon taqdim qilindi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!