AirPods 3 narxi va ilk «jonli» rasmlari: uni AirPods, AirPods 2 hamda AirPods Pro bilan taqqoslab ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  3756
  •  13.03.2021 13:59

AirPods 3 narxi va ilk «jonli» rasmlari: uni AirPods, AirPods 2 hamda AirPods Pro bilan taqqoslab ko‘rsatishdi!

Insayderlar xabarlariga ko‘ra, Apple korporatsiyasi bu yilgi bahoriy taqdimot marosimini 23 martga belgilagan. Unda namoyish etiladigan gadjetlardan biri butkul simsiz AirPods 3 quloqchini bo‘lishiga shubha ham qolmagan.

O‘QING: Apple va Netflix aynan O‘zbekistonni tanladi. Nega Qozog‘istonni emas?

Internetda keyingi kunlarda ushbu aksessuarning oldin render, keyin esa «jonli» suratlari tarqaldi.

Quyida esa AirPods 3 modelini kompaniyaning oldingi avlod quloqchinlari – birinchi AirPods, AirPods 2 hamda AirPods Pro bilan solishtirib ko‘rsatishgan:

Ko‘rib turganingizdek, uchinchi avlod Apple simsiz quloqchini AirPods 2 modelidan ko‘ra AirPods Pro’ga ko‘proq o‘xshab ketadi. Mish-mishlarga ko‘ra, AirPods 3 allaqachon ommaviy ishlab chiqarilmoqda, ammo AirPods Pro modelining ikkinchi avlodi chiqish-chiqmasligi noma’lum.

O‘QING: AirPods Pro raqibi taqdim etilib, undan ikki yarim baravar arzon sotila boshladi!

Navbatdagi suratlarda esa Apple AirPods 3 g‘ilofiga yaqindan nazar solish mumkin:

Insayderlar bergan xabarlarga ko‘ra, AirPods 3 yangi protsessorga ega bo‘lib, ovozni yanada sifatli uzatadi. Hattoki uning taxminiy narxini ham aytishmoqda – 150 AQSh dollari.

O‘QING: Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!