Android 8.0 Oreo'ga yangilanadigan Samsung smartfonlari bitta ro‘yxatda!
Bugun Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida yangi ilg‘or Android 8.0 Oreo operatsion tizimiga ega bo‘ladigan Samsung smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi. Flagmanlar ayni paytda bu tizimga yangilanmoqdalar. Qolgan gadjetlar esa 2018 yilning ilk oyidan boshlab Android 8.0 Oreo'ga yangilanadi.
Quyidagi nisbatan eski va 2 ta yirik Android yangilanishiga ega bo‘lgan devayslar esa hozirgi operatsion tizimda qoladilar:
Galaxy S5 series – bundan keyin yangilanmaydi.
Galaxy Note 5
Galaxy A7 (2016)
Galaxy A5 (2016)
Galaxy A3 (2016)
Galaxy J3 (2016)
Galaxy J2 (2016)
Galaxy J1
Csmartfonon va planshetlar Android 8.0 Oreo talqinigacha yangilangach, ilg‘or funksiyalarga ega bo‘ladilar.
Misol uchun, Notification Dots, yoki bildirishnomalar nuqtasi hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, u yoki bu ilovadani ochmasdan turib, undagi bildirishnomalarni o‘qish uchun o‘sha ilova yorlig‘iga barmoqni bosib turishning o‘zi kifoya qiladi.
Video ko‘rayotgan paytda smartfonda biror boshqa amalni bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, tomosha qilishni to‘xtatishga hojat bo‘lmaydi. Picture-in-Picture (rasm ichida rasm) funksiyasidan foydalangan holda video ilovasining o‘lchamini kichraytirib, ekran burchagiga joylab qo‘yaverasiz. Ayni damda mazkur rejimda faqat bir nechta ilovalargina ishlay oladi, lekin kelajakda uni barcha pleyerlar va videochatli messenjerlar ham qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi.
Virtul olamda noverbal (so‘z ishlatmagan holda) muloqot qilishni xush ko‘ruvchilar uchun Android 8.0 Oreo tizimida barcha mavjud emodzilar qayta chizib chiqilgan va yana 60 ta yangisi qo‘shilgan.
Ilovalar uchun login va parollarning avtomatik to‘ldirilishi; dasturni o‘rnatmasdan turib ishga tushirish imkonini beruvchi, sukut bo‘yicha yoqilgan Instant Apps rejimi; yorliqlarning moslashuvchanligi, matnlarni belgilab olishda qulay bo‘lgan, telefon raqamlari hamda elektron pochta manzillarini farqlay oladigan Smart Text Selection «aqlli» texnologiyasi va hokazo.