Android'chilar iPhone'chilarga qarshi. Kimlar mashinani yaxshiroq haydaydi?

Android'chilar iPhone'chilarga qarshi. Kimlar mashinani yaxshiroq haydaydi?

Amerikaning Jerry sug'urta kompaniyasi mashina, uy sug'urtalarini taqqoshlash kabi xizmatlarni taklif qiladigan o'z Android va iOS ilovasiga ega. Bir necha kun oldin kompaniya Android va iPhone foydalanuvchilari o'rtasida qaysi turdagi smartfon egalari mashinani xavfsizroq haydashini ko'rsatib beruvchi tahlil natijalarini e'lon qildi. O'tkazilgan 14 kunlik tajribada 13 million kilometr masofani bosib o'tish davomida yig'ilgan 20,000 haydovchining haydash xulq-atvori kuzatilgan va natijada mashina haydashda Android foydalanuvchilari iPhone'chilardan yaxshiroq ekanliklari ma'lum bo'lgan.

Taqdim qilingan statistikaga ko'ra, Android qurilmasi egalari mashina haydashdagi har bir toifa: umumiy xavfsiz haydash, e'tibor, tezlik, tezlikni oshirish, burilish va tormoz berishda iPhone foydlanuvchilarga qaraganda yaxshi natijaga erishishganligini ko'rish mumkin.

Shuni ta'kidlash kerakki, haydovchilar iPhone yoki Android ishlatmasin ularning ta'lim darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, katta yo'lda ham mashinani shuncha yaxshi haydashi aniqlangan. Lekin shunda ham baribir Android'chilar ayfonchilardan ustun kelishgan. Masalan oddiy maktab diplomiga ega bo'lmagan Android foydalanuvchisi iPhone ishlatadigan Falsafa fanlari Doktoridan ham yaxshiroq mashina haydaydi.

Yosh jihatidan ham haydovchilar qanday turdagi smartfondan foydalanmasin, yoshi katta haydovchilar o'smirlarga qaraganda yaxshiroq mashina haydashi ma'lum bo'lgan. Ammo, tadqiqotlar bunda ham iPhone egalari Android foydalanuvchilariga qaraganda past baho olganini ko'rsatadi. Masalan, oddiy 18-24 yoshli "yashil robot" egasi, 25-34 yoshli "tishlangan olma" egasidan ko'ra ko'proq ball to'plagan.

Xulosa shuki, ayfonchilar qanchalik past nazar bilan qarasalar ham, katta yo'lda o'sha oddiy Android egalari ustunlik qilishadi.

O'QING: Microsoft Apple'ni quvib o'tdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!