AnTuTu: May oyida egasini rozi qilgan smartfonlar reytingida bulturgi flagmanlar yetakchi!

  •   DiMaX
  •  798
  •  05.06.2021 10:16

AnTuTu: May oyida egasini rozi qilgan smartfonlar reytingida bulturgi flagmanlar yetakchi!

Kuni kecha biz AnTuTu benchmarkida may oyidagi tekshiruvlar natijalari asosida tuzilgan eng qudratli flagmanlar ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Mazkur jamoa hamyonbop smartfonlar orasida eng tezkorlarining ham reytingini chiqargan.

O‘QING: «iQOO 7, taxtni bo‘shat!» – AnTuTu’da yangi rekordchi paydo bo‘ldi

Ushbu ommabop benchmark endi Android-smartfonlarning o‘z egalarini qoniqtirish darajasiga ko‘ra may oyi reytingini ham taqdim qildi. Unda eng yuqori o‘rinlarni turli kompaniyalarning o‘tgan yilgi flagman modellari zabt etdi.

Meizu kompaniyasining bu yilgi flagmanlari hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgan edik. Lekin AnTuTu reytingida uning boshqa bir – Meizu 17 Pro modeli g‘olib bo‘lgan.

Kuchli uchlikdan yana ikki kompaniyaning bulturgi flagmanlari – Samsung Galaxy S20 Ultra 5G hamda Honor 30 Pro+ modellari joy olgan. Keyingi o‘rinlarni esa tegishlicha Meizu 17, Samsung Galaxy Note 20 Ultra 5G, OnePlus 9, Meizu 18, Meizu 18 Pro, Samsung Galaxy S21 Ultra 5G hamda Honor 30 flagmanlari kirgan.

O‘QING: Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!