AnTuTu reytingi: Samsung, Huawei, MediaTek va Qualcomm – qay biri eng zo‘r?

  •   DiMaX
  •  2267
  •  03.01.2020 13:35

AnTuTu reytingi: Samsung, Huawei, MediaTek va Qualcomm – qay biri eng zo‘r?

Ommabop AnTuTu benchmarki jamoasi 2019 yil yakunlarini chiqardi va Android-qurilmalar uchun eng yaxshi protsessorlar reytingini e’lon qildi. Unda o‘tgan yili namoyish etilgan va smartfon tarkibida bozorga chiqqan chipsetlargina baholangan.

O‘QING: JIDDIY JANG: Snapdragon 865 vs Apple A13 Bionic! (+«jonli» video)

Unga ko‘ra, Qualcomm o‘tgan yilning iyulida namoyish etgan chipset – Snapdragon 855+ mutlaq g‘olib bo‘ldi. Amerikalik chipsozning Snapdragon 865 protsessori bu reytingga kiritilmagan; sababi – unga asoslangan smartfonlar hali bozorga chiqib ulgurganicha yo‘q.

«Eng zo‘r protsessor»dan tashqari, AnTuTu yana boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham chipsetlarni yuqori baholagan. Masalan, Huawei Kirin 990 5G, Samsung Exynos 980, Qualcomm Snapdragon 765G hamda MediaTek Dimensity 1000L eng innovatsion platformalar, deya tan olingan.

AnTuTu reytingiga ko‘ra, eng yaxshi hamyonbop protsessorlar Huawei Kirin 810 (bu chipset Snapdragon 730'ni yer tishlatgan) va MediaTek Helio G90T ekan.

O‘QING: AnTuTu tezkorlik bo‘yicha yangi rekordchini e’lon qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!